JARda avariya yuz bergan tashlandiq shaxtadan 153 kishi olib chiqildi. Ularning aksariyati noqonuniy migrantlar
Politsiya va qutqaruvchilar hamkorligida, shuningdek, uch nafar konchining jasadi ham yer yuzasiga olib chiqilgan. Migrantlarning barchasi qo‘lga olingan bo‘lib, ularning aksariyati qo‘shni Mozambik fuqarolaridir.

Foto: Supplied/SAPS
JAR sharqida 150 nafardan ortiq noqonuniy konchi politsiya va qutqaruvchilar hamkorligida to‘rt kun oldin avariya sodir bo‘lgan tashlandiq oltin shaxtasidan olib chiqildi, deb xabar beradi BBC.
«Mpumalanga provinsiyasining Sabi shahri hududida joylashgan, chuqurligi 150 metrga yetadigan shaxtadan 153 kishi chiqarib olindi. Shuningdek, uch nafar konchining jasadi ham yer yuzasiga olib chiqildi. Noqonuniy migrantlarning barchasi qo‘lga olingan. Ularning aksariyati qo‘shni Mozambik fuqarolaridir», — deyiladi xabarda.
Konchilarning ma’lum qilishicha, ular qurollangan jinoyatchilar tomonidan yer ostida zo‘ravonlik bilan ushlab turilib, oltin qazishga majburlangan. Politsiya va hukumat ko‘rsatmalarni tekshirish bilan shug‘ullanmoqda.
Ta’kidlanishicha, JAR shimolidagi Stilfonteyn shahrida joylashgan tashlandiq oltin konida inqirozli vaziyat saqlanib qolmoqda — u yerda noqonuniy ishchilarning katta guruhi hibsga olinish va deportatsiyadan qo‘rqib yer yuzasiga chiqmay kelyapti. Politsiya va armiya uch oydan beri shaxtani bloklab qo‘ygan. Ayni vaqtda u yerdan 1387 nafar noqonuniy migrant olib chiqilgan bo‘lib, ularning barchasi qo‘lga olingan. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, shaxtada 300 nafardan 4 ming kishigacha odam bo‘lishi mumkin. Yer ostida ishchilar bilan birga qurollangan soqchilar ham borligi aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Afg‘oniston iqtisodiy aloqalarni faollashtirishga kelishib oldi
O‘zbekiston | 14:24
-
Sankt-Peterburgda Bosh harbiy-dengiz paradi bekor qilindi
Jahon | 14:11
-
Usta Shirin ko‘chasida Cobalt va Tracker-2 to‘qnashdi
O‘zbekiston | 14:10
-
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari kollektorlaridan foydalanish qoidalari belgilandi
O‘zbekiston | 14:04
Mavzuga oid

21:12 / 10.04.2025
JARda pingvin sabab vertolyot falokatga uchradi

13:43 / 15.03.2025
JAR elchisi AQShda persona non grata deb e’lon qilindi

23:11 / 17.02.2025
Qozog‘istondagi konda yetti kishi ko‘chki ostida qoldi

15:19 / 16.02.2025