31 o‘zbekistonlik BAAga kiritilmadi. Ular ortga qaytarilmoqda
Abu-Dabi xalqaro aeroportida qolib ketgan vatandoshlarning bir qismi O‘zbekistonga qaytarilgan. Wizz Air aviakompaniyasi hozirda qolgan fuqarolarni ham qaytarish choralarini ko‘rayotgani aytildi. Voqea BAAda uch o‘zbekistonlik yahudiy rohibning o‘limida gumonlanib qo‘lga olinishi fonida ro‘y berdi.

30 noyabr kuni Toshkent–Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha Wizz Air aviakompaniyasi reysida uchgan 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi amirliklar hududiga kiritilmadi. Ular Abu Dabi shahridagi Shayx Zoid nomidagi xalqaro aeroportda chegaradan o‘tkazilmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda holat aks etgan video va suratlar tarqalgach, O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi izoh berib, aeroport ma’muriyati va amirliklarning mutasaddi idoralari bilan muloqotda bo‘lib, vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qildi.
“Aeroport ma’muriyati bilan hamkorlikda hamyurtlarimizni uch mahal ovqat bilan ta’minlash hamda ularga zarur hollarda tibbiy yordam ko‘rsatish choralari tashkil etildi. Yuzaga kelgan vaziyatni hal etish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda”, – deyiladi dipmissiya axborotida.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati Kun.uz so‘roviga javoban hozirda rasmiy axborot tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
Yo‘lovchilarning taqdiri nima bo‘ldi?
Uzbekistan Airports matbuot xizmati vakili Ahmadjon Orifjonovning Kun.uz'ga aytishicha, umumiy tajribaga ko‘ra qaysidir davlatga yo‘lovchi kiritilmasa, ularni olib kelgan aviakompaniya qaytarib olib ketish choralarini ko‘radi. Ya’ni barcha xarajatlar Wizz Air aviakompaniyasi tomonidan qoplanadi.
“Hozirda aviakompaniya yo‘lovchilarning bir qismini O‘zbekistonga olib kelgan, qolgan qismini boshqa reyslarda olib kelish choralarini ko‘rmoqda. Ta’kidlab o‘tish joiz, aviakompaniyaning bu holatga, aynan yo‘lovchilarning Abu-Dabi hududiga kiritilmasligiga aloqasi yo‘q, bunga chegara xizmati javob beradi. Va ular tomondan hozirda hech qanday izoh berilmagan, yo‘lovchilarning kiritilmaslik sababi tushuntirilmagan. Bizda ham bunday ma’lumot yo‘q”, – deydi u.
Yuqoridagi voqea BAAda 3 nafar o‘zbekistonlik yahudiy rohibning o‘limida gumonlanib qo‘lga olinishi fonida ro‘y bermoqda. 26 noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Isroil elchisi bilan uchrashgan, O‘zbekiston hukumati tergov jarayonlarida BAA va Isroil idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini bildirgandi.
Ma’lumot uchun, BAAga boruvchi o‘zbekistonliklar uchun 2024 yil 16 fevraldan boshlab vizasiz rejim amal qilib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Transport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojiga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi
O‘zbekiston | 18:29
-
Prezident Yakkabog‘dagi «Yangi O‘zbekiston» massivini ko‘zdan kechirdi
O‘zbekiston | 18:17
-
Shamol tufayli bir nechta samolyotlar Toshkentga qo‘nolmadi
O‘zbekiston | 18:13
-
Prezident Qarshidan Shahrisabzga poyezdda bordi va faollar bilan suhbatlashdi
O‘zbekiston | 18:10
Mavzuga oid

21:38 / 16.06.2025
Dubayda aprel oyidagi janjal oqibatida ikki o‘zbekistonlik vafot etgani ma’lum bo‘ldi

00:25 / 14.06.2025
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi

23:05 / 13.06.2025
O‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanayotgan fuqaro Toshkent aeroportida ushlandi

16:09 / 11.06.2025