Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali sobiq boshlig‘i 12 yilga qamaldi
Sobiq amaldor mart oyida tumandagi 20 sotix yer maydonida qurilgan uy-joy uchun kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga o‘zining xizmat xonasida 25 ming AQSh dollari miqdorida pora olgan vaqtida ushlangandi. U sudda ko‘chada tanishlaridan qarzi borligini, shuni vaqtincha qoplash turish maqsadida fuqaroni aldab, pulini olmoqchi bo‘lganini bildirgan.

Foto: Videodan kadr
Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali sobiq boshlig‘i jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.
Sud hukmida keltirilishicha, 1985 yilda tug‘ilgan I.S. 2021 yil 24 may kunidan tezkor tadbirda ushlangunga qadar Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
I.S. Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Chortoq mahallasida joylashgan 20 sotix yer maydonida qurilgan uy-joylarga kadastr hujjatini rasmiylashtirib berish to‘g‘risida murojaat qilgan fuqarodan 25 000 AQSh dollari miqdorida pora berishni talab qilgan.
Fuqaroning arizasiga asosan 2024 yil 7 mart kuni DXXning Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda I.S. o‘z xizmat xonasida fuqarodan talab qilgan 25 000 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
I.S. sudda aybiga iqrorlik bildirmagan hamda o‘sha vaqtda pulga muhtoj bo‘lganligini ma’lum qilgan.
“Fuqarodan 25 000 AQSh dollarini talab qilishimga sabab, o‘sha vaqtda pulga muhtoj bo‘lib turgandim. Chunki ko‘chada tanishlarimdan qarzim bor edi. Shu sababli fuqaroni aldab, 25 000 AQSh dollarini olmoqchi bo‘ldim. Aslida filial rahbari sifatida mening yer maydonlariga kadastr hujjatini to‘liq rasmiylashtirib berish vakolatim bo‘lmagan. Bu Kadastrlar palatasi Toshkent shahar boshqarmasining vakolatiga kiradi. Fuqaroning 25 000 AQSh dollarini olib, o‘sha kuni uning yer maydoniga biror-bir xodimini yuborib o‘lchatib, keyinchalik unga tez orada kadastr hujjati tayyor bo‘lishini aytgan holda aldab yurmoqchi bo‘ldim. Shu orada uning pullari orqali qarzlarimni so‘ndirib, ma’lum vaqt o‘tgach, boshqa joydan pullarni topib, unga qaytarib bermoqchi edim”, degan u suddagi ko‘rsatmasida.
I.S.ning aybi guvohlarning ko‘rsatmalari va boshqa dalillar bilan o‘z isbotini topgan.
Sudning hukmi bilan I.S. Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismining “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga 3 yil mansabdorlik lavozimlarini egallash, moddiy javobgarlik hamda kadastr agentligi tizimidagi vazifalarda xodim sifatida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urushning iqtisodiy jihatlari: Eron va Isroil milliardlab dollar yo‘qotdi
Jahon | 18:18
-
Rossiyada migrantlarning qurilishdagi ulushi ma’lum qilindi
Jahon | 18:13
-
Toshkent – Bali yo‘nalishida birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys amalga oshirildi
Jamiyat | 18:00
-
Eron oliy rahbari Isroil va AQSh ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qildi
Jahon | 17:53
Mavzuga oid

18:19 / 20.06.2025
Farg‘onada tuman MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi

08:26 / 19.06.2025
DXX ta’lim sohasida poraxo‘rlik holatini aniqladi

08:27 / 16.06.2025
Soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakati fosh qilindi

15:27 / 09.06.2025