Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent – Bali yo‘nalishida birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys amalga oshirildi
25 iyun kuni Toshkentdan Baliga tarixiy reys amalga oshirildi – ilk bor O‘zbekiston bilan Indoneziyaning Denpasar shahri o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi. Parvoz Asialuxe Travel turoperatori va Qanot Sharq aviakompaniyasi hamkorligi natijasida amalga oshirilgan bo‘lib, reys zamonaviy Airbus A330 samolyotida bajarildi.

Foto: Kun.uz
Mazkur yo‘nalish ochilguniga qadar Baliga yetib borish bir sutkagacha vaqt olardi va xalqaro hablar orqali boshqa samolyotga o‘tishga to‘g‘ri kelardi. Endi orolgacha bo‘lgan yo‘l atigi 9,5 soatli to‘g‘ridan to‘g‘ri parvoz orqali amalga oshiriladi – kutishlarsiz, qo‘shimcha parvozlarsiz va qiyin logistikasiz.
“O‘zbekiston uchun bu shunchaki yangi reys emas – bu ochiqlik, global turizmga intilish va xalqaro aloqalar mustahkamlanishining ramzi. Toshkentni Baliga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lagan ilk aviakompaniya bo‘lganimizdan faxrlanamiz”, – dedi Qanot Sharq samolyoti kapitani Dmitriy Yefremov.
Yo‘nalishning ochilishi Janubi-Sharqiy Osiyoga bo‘lgan ortib borayotgan qiziqish va mamlakat ichidagi turistik talabning yetilganini tasdiqlaydi. Bali o‘zbekistonlik sayyohlar xohlagan yo‘nalishlardan biri bo‘lib, endi u har qachongidan ham yaqinroq bo‘ldi.
“Baliga to‘g‘ridan to‘g‘ri reys – bu O‘zbekistonning yangi intilishlarini aks ettiradi. Turizm o‘zgarib boryapti, mamlakat dunyoga ochilmoqda, fuqarolar esa uzoqroq va taassurotlarga boyroq yo‘nalishlarni tanlamoqda. Biz ushbu o‘zgarishlarning yo‘lboshchisi bo‘lganimizdan xursandmiz”, – deya ta’kidladi Asialuxe Travel vakili.
Parvozlar har o‘n kunda bir marta amalga oshiriladi. Sayyohlarga aviachipta, transfer, mehmonxonada yashash, tibbiy sug‘urta va internetli yeSIM'ni o‘z ichiga oladigan to‘liq turistik to‘plam taklif qilinadi.
Mazkur yo‘nalish Toshkentning rivojlanayotgan aviatsiya nuqtasi sifatidagi mavqeyini ham mustahkamlaydi. Yangi reys aviaparvozlarga qo‘shimcha talab yaratadi, turoperatorlar faoliyatini jonlantiradi va mehmonxona biznesi, transfer, sug‘urta hamda raqamli servislar kabi turizm bilan bog‘liq boshqa sohalarning rivojlanishini rag‘batlantiradi.
Shu bilan birga, Markaziy Osiyo va Indoneziya o‘rtasidagi biznes va madaniy aloqalarni mustahkamlash uchun ham yangi imkoniyatlar ochiladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston | 19:21
-
Hindistonda Jaguar qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Jahon | 19:02
-
Erdo‘g‘an muxolifatning muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazish talabini rad etdi
Jahon | 18:55
-
Amerikaning Lucid Air elektromobili Ginnes rekordini o‘rnatdi
Fan-texnika | 18:49
Mavzuga oid

22:49 / 07.07.2025
Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

22:05 / 03.07.2025
Toshkentdan Baliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys qo‘yildi

10:41 / 03.07.2025
Bali sohillari yaqinida parom cho‘kib ketdi

19:00 / 30.06.2025