Andijonda mashinasida pul olib yuradigan fuqaro niqobli shaxslar hujumiga uchradi
Andijonda yuziga niqob taqqan bir necha erkak davlat raqam belgisi bo‘lmagan avtomobillarda kelib, yo‘l chetida to‘xtab turgan boshqa bir mashinaga tosh otib hujum qildi. Voqea videosi internetda tarqalgach, viloyat prokuraturasi gumondorlardan biri qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

Internetda tarqalgan videodan kadr
Prokuratura axborotida aytilishicha, 20 noyabr kuni fuqaro Yu.D va boshqalar o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, fuqaro L.A.ga hujum qilgan.
Ular L.A. o‘zining Cobalt mashinasida pul mablag‘larini tashish bilan shug‘ullanishini bilgan va hujum qilish orqali pullarni qo‘lga kiritishni reja qilgan.
Jinoyatchilar Lacetti va Cobalt rusumli avtomobillarning davlat raqam belgilarini yechib olib, L.A.ning boshqaruvidagi Cobalt'ning orqasidan kuzatib kelgan. L.A. Andijon shahrining Yoyilma mahallasi Amir Temur shox ko‘chasidan o‘tgan Andijon–Asaka yo‘nalishida Andijon yo‘nalishi bo‘yicha yo‘l chetida to‘xtab turgan vaqtda, ta’qibchilar yuzlariga niqob taqqan holda uning mashinasiga tosh otib, hujum qilgan.
Jabrlanuvchi mashinasida hodisa joyidan qochgani sabab, hujum qilganlar jinoyatni o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holda oxiriga yetkaza olmagan.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslarning oldindan til biriktirib bosqinchilik qilishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Yu.D. protsessual tartibda ushlangan.
Ichki ishlar organi dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda. Viloyat prokuraturasi jinoyat ishi ustidan prokuror nazoratini o‘rnatgan.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

20:32 / 30.06.2025
Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

00:51 / 18.06.2025
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi

09:53 / 15.06.2025
Andijonda temiryo‘ldagi sisternaga chiqqan erkakni tok urdi

22:20 / 13.06.2025