Kiprning NATO yo‘lidagi qadamlari: asosiy to‘siq - Turkiya
Gretsiyaning Kathimerini nashrining xabar berishicha, Kipr prezidenti Nikos Xristodulidis mamlakatning NATOga qo‘shilish istiqbolini AQSh prezidenti Jo Bayden bilan oktyabr oyida Vashingtonda o‘tkazilgan uchrashuvda muhokama qilgan.

Kipr NATO standartlariga mos keladigan mudofaa salohiyatini modernizatsiya qilishni muhim vazifa sifatida ko‘rib chiqmoqda. Poytaxt Nikosiyaning fikricha, zarur infratuzilma va harbiy imkoniyatlarga ega bo‘lish Kiprni Vashington uchun strategik jihatdan qiziqarli qiladi. Shuningdek, Kipr AQShdan harbiy texnika xarid qilish va milliy gvardiya ofitserlarini Amerika harbiy akademiyalarida o‘qitish istagini bildirgan.
Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan Kiprning NATOga qo‘shilish rejasi uzoq muddatli va strategik ahamiyatga ega ekanligini tasdiqladi. Uning aytishicha, Vashingtonda bu reja «yutqazishsiz variant» deb atalmoqda. Rejaning asosiy elementi Kipr muammosini hal qilish va Kipr-Turkiya munosabatlarini yaxshilashdan iborat.
Xristodulidis NATOga qo‘shilish masalasini tashkilot bosh kotibi Mark Ryutte bilan ham muhokama qilgan. Shuningdek, Kiprning mintaqa siyosatidagi ahamiyatini saqlab qolish va oshirish masalalari AQSh Kongressidagi respublikachilar bilan o‘tkazilgan muzokaralarda ko‘tarilgan.
Kipr oldinlari harbiy bloklarga qo‘shilmagan davlatlarning harakatida faol ishtirok etgan edi. Biroq u 2004 yilda Yevropa ittifoqiga qo‘shilgandan keyin bu harakatdan chiqdi.
Ayni paytda, Kiprning NATOga qo‘shilishi yo‘lidagi asosiy to‘siq Turkiyaning ehtimoliy qarshiligi hisoblanadi. 1974 yilda Turkiya Kiprga qurolli intervensiya qilib, orolni ikkiga bo‘ldi. Shundan beri orolning 37 foiz hududi faqat Anqara tan oladigan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi hududi hisoblanadi.
Kiprlik yunonlar BMT yechimlariga asoslangan ikki hududli, ikki jamoali federatsiya tarafdori. Kiprlik turklar esa konfederativ tuzilmani talab qilishmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda YaIM o‘sishi 6,7 foiz darajasida prognoz qilinmoqda
Iqtisodiyot | 11:48
-
Raqobat qo‘mitasi Beeline kompaniyasiga abonent to‘lovi masalasida ko‘rsatma berdi
Iqtisodiyot | 11:41
-
Los-Anjyelesning bir qismida tartibsizliklar tufayli komendantlik soati joriy etildi
Jahon | 11:39
-
O‘zbekiston va XVJ soliq siyosatini takomillashtirishni muhokama qilmoqda
O‘zbekiston | 11:37
Mavzuga oid

20:49 / 09.06.2025
NATOning Atlantic Trident 25 havo mashg‘ulotlari ilk bor Finlandiyada o‘tkaziladi

23:21 / 03.06.2025
NATO Yevropa davlatlaridan havo hujumidan mudofaa kuchlarini besh baravar kuchaytirishni so‘raydi

08:20 / 03.06.2025
Zelenskiy: Kiyev NATO sammitiga taklif oldi

12:25 / 31.05.2025