Jahon | 14:33 / 26.06.2025
2674
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Rossiya hech qachon NATOga hujum qilmasligiga va’da berdi - The Washington Post

Haagadagi NATO sammitining asosiy sessiyasi chog‘ida Donald Tramp «Rossiya u prezident bo‘lganida NATOga hech qachon hujum qilmasligiga va’da berdi», deb yozadi The Washington Post Yevropaning uch rasmiy vakiliga tayanib.

Foto: Andrew Harnik/Getty Images

Sammitning asosiy mavzusi NATO davlatlarining mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirish bo‘lib, bu borada ittifoq a’zolari kelishib oldi. Bundan tashqari, Tramp sammitda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashdi.

Tramp muloqot paytida o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilmaganini aytdi — u Zelenskiyning «ishlari qanday ketayotganini ko‘rmoqchi bo‘lgan». Keyinroq Ukraina prezidenti «jang maydonidagi vaziyat haqida gaplashganini» ma’lum qildi va Trampga «haqiqatdan ham joylarda nima bo‘layotganini» aytgan.

Sammitning yakuniy deklaratsiyasida Ukrainadagi urush haqida hech narsa aytilmagan.

Mavzuga oid