AQSh razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
Hujjat 2000 yil 1 yanvardan 2016 yil iyul oyiga qadar amalga oshirilgan qotilliklar to‘g‘risida ma’lumot beradi va u AQSh Senati hamda Vakillar palatasining razvedka bo‘yicha qo‘mitalari uchun tayyorlangan.

Foto: AFP
AQSh Milliy razvedka direktori boshqarmasi Bloomberg jurnalistining so‘roviga asosan Vladimir Putin xorijdagi muxoliflariga nisbatan uyushtirgan siyosiy suiqasdlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi 2016 yilgi maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi.
Jurnalist Jyeyson Leopold ushbu ma’lumotlarni 2017 yilda, BuzzFeed nashrida ishlagan va rossiyalik biznesmen Aleksandr Perepilichniyning o‘ldirilishiga oid voqea bilan shug‘ullangan vaqtida ochiqlashni so‘ragan. 2021 yilda u boshqa shaklda so‘rov yuborgan va noyabr oxirlarida Milliy razvedka direktori boshqarmasidan javob oldi.
Unda «Rossiya Federatsiyasida boshqaruv shakli sifatidagi siyosiy qotilliklar»ga oid hujjat haligacha maxfiy bo‘lgan ma’lumotlar tufayli qisman oshkor etilishi mumkinligi xabar qilingan.
Hujjat 2000 yil 1 yanvardan 2016 yil iyul oyiga qadar amalga oshirilgan qotilliklar to‘g‘risida ma’lumot beradi va u AQSh Senati hamda Vakillar palatasining razvedka bo‘yicha qo‘mitalari uchun tayyorlangan. Hujjatda birinchi hodisa 2004 yilga taalluqli. O‘shanda Qatarda chechenistonlik dala komandiri, Ichkeriya Respublikasi rahbarlaridan biri Zelimxon Yandarbiyev o‘ldirilgan edi. Uning o‘ldirilishida Rossiya harbiy razvedkasning bir nechta ofitserlari ayblangan.
Shuningdek, hujjatda 2006 yili Londonda poloniy-210 bilan zaharlangan FXXning sobiq xodimi Aleksandr Litvinenko haqida ham so‘z boradi. Razvedkaga ko‘ra, Moskva ushbu qotilliklarni «katta ehtimol bilan» buyurtma qilgan, hisobot mualliflari esa «xorijdagi yuqori martabali shaxslarning o‘ldirilishiga shaxsan Putinning o‘zi topshiriq bergan», degan xulosada.
Aleksandr Perepilichniy hujjatda Putinning nishonlari qatoridan dissedentlar ham o‘rin olgani aytilgan parchada yodga olingan. Perepilichniy, hujjatga muvofiq Kremlning soliq firibgarligiga bog‘liqligi to‘g‘risida ko‘rsatma berishidan oldin — 2012 yili Buyuk Britaniyada biologik toksin yordamida o‘ldirilgan.
Ta’qiblar ostida, shuningdek, sobiq sovet respublikalarining siyosiy yetakchilari ham bo‘lgan. Xususan, misol sifatida Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yushenko keltirilgan — u 2004 yilda zaharlanishdan omon qolgandi. Bundan tashqari, Kreml Ukraina sharqidagi sodiq bo‘lmagan ayirmachilarni, xususan, 2015 yili Lugansk oblastida o‘ldirilgan «Betmen» bataloni komandiri Aleksandr Bednovni ta’qib qilgan bo‘lishi mumkin.
Leopoldning ta’kidlashicha, ushbu hujjat «biroz eskirgan» bo‘lsa ham, u oldingidek katta ahamiyatga ega, chunki Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin ham Putin xorijdagi dushmanlarini o‘ldirishni davom etganini isbotlovchi dalillar bor.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
O‘zbekistonda bolalar orasida Koksaki virusi avj olayotgani haqidagi xabarlar asossiz – SSV
O‘zbekiston | 15:00
-
Isroilda Netanyahuning sog‘lig‘iga oid tafsilotlarni oshkor etish talab qilindi
Jahon | 14:42
-
«Meros». Srechko Katanetsga bag‘ishlanadi
Sport | 14:41
Mavzuga oid

11:05 / 05.06.2025
Zelenskiy: Rossiya butun dunyoga nafratini bildiryapti

23:40 / 04.06.2025
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml

22:24 / 04.06.2025
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp

20:34 / 04.06.2025