O‘rtacha umr ko‘rish darajasini 78 yoshga yetkazish mo‘ljallanmoqda
2025 yilda birlamchi bo‘g‘inda 3 million 700 ming nafar ayolni skriningdan o‘tkazish, bu jarayonni raqamlashtirish orqali saraton kasalini erta aniqlash ko‘rsatkichini 85 foizga yetkazish mumkin.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tyapti.
Prezident ta’kidlaganidek, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sportni rivojlantirish bo‘yicha katta dasturlarni samarali va to‘liq amalga oshirish – hamisha hukumatning kun tartibida turishi kerak bo‘lgan asosiy vazifalardir.
Eng avvalo, o‘rtacha umr ko‘rish darajasini 78 yoshga yetkazish uchun birlamchi tibbiy xizmatlarning aholi uchun qulayligi va sifatini oshirish zarur.
Xususan, 2025 yilda birlamchi bo‘g‘inda 3 million 700 ming nafar ayolni skriningdan o‘tkazish, bu jarayonni raqamlashtirish orqali saraton kasalini erta aniqlash ko‘rsatkichini 85 foizga yetkazish mumkinligi ta’kidlandi.
Hukumat mahallalardagi 18 mingta tibbiyot brigadalarini o‘qitish, 884 ming nafar bemorni uy sharoitida reabilitatsiya bilan qamrab olish bo‘yicha yangi tizimni joriy etadi. Shu bilan birga, tug‘uruqxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga 100 million dollar yo‘naltiriladi.
Davlat tibbiy sug‘urtasi va aholiga “kafolatlangan paket” asosida tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi kelgusi uch yilda barcha shahar, tuman va qishloqlar qamrab olinishi zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish kabi masalalar bo‘yicha hukumat alohida dasturlar ishlab chiqishi lozim.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Denov tuman sudi sobiq raisiga oid jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda
O‘zbekiston | 13:49
-
“10 daqiqa erta borganimda samolyotda bo‘lardim” - talaba yo‘ldagi tirbandlik sabab Dreamliner halokatidan omon qoldi
Jahon | 13:10
-
Mers: Isroil biz uchun Eronda og‘ir ishni qilyapti
Jahon | 12:56
Mavzuga oid

13:41 / 27.05.2025
Sog‘liqni saqlash sohasining yangi modeli qanday joriy etiladi?

13:51 / 23.05.2025
Tibbiyot birlashmalari negizida sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi

11:01 / 22.05.2025
Tibbiyot menejerligi bo‘yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to‘lanadi

10:18 / 22.05.2025