O‘zbekiston prezidenti Chexiya bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston prezidenti Chexiya bosh vaziri bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim bo‘yicha konferensiyasi doirasida Chexiya bosh vaziri Petr Fiala bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston-Chexiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Chexiya an’anaviy ravishda mamlakatning Yevropadagi muhim hamkori hisoblanadi. Keyingi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 barobar, qo‘shma korxona va loyihalar soni 3 barobar ko‘paydi.
Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirish, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" va aniq loyihalardan iborat sanoat kooperatsiyasi dasturini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid

12:30 / 23.05.2025
Chexiya jurnalist Farida Qurbongaleyevani Rossiyaga topshirishdan bosh tortdi

23:16 / 21.05.2025
Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi

15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi

13:50 / 05.05.2025