“Tanish-bilish o‘tmaydi” – Kadastr agentligi direktori yerga egalik huquqini olishda firibgarlarga aldanmaslikka chaqirdi
Bugundan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish nazarda tutilgan qonun kuchga kiradi. Kadastr agentligi direktori Farrux Po‘latov fuqarolarga murojaat bilan chiqib, vaziyatdan foydalangan holda noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan “uddaburonlar” ham borligini bildirdi hamda ulardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.
Bugun, 8 noyabrdan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kiradi. 2024–2025-yillar uchun tasdiqlangan reja-grafik asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlanadi.
Kadastr agentligi direktori Farrux Po‘latov fuqarolarga murojaat bilan chiqib, firibgarlarga aldanib qolmaslikka va ogohlikka chaqirdi.
“Uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p. Ammo vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan “uddaburonlar” ham yo‘q emas. Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiraman”, degan Farrux Po‘latov.
Agentlik direktoriga ko‘ra, mahallalar aniq tasdiqlangan reja-grafik asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yo‘q”.
Shuningdek, xatlovdan keyin “E’TIROF” dasturiga kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi”.
Qolaversa, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar o‘rganiladi.
“Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish o‘tmaydi”, deya ma’lum qilgan agentlik direktori.
Farrux Po‘latov firibgarlik, tamagirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelganda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishni tavsiya qilgan.
Kun.uz oldinroq ushbu qonun bo‘yicha tahliliy videolavha tayyorlagandi. Unda yer uchastkalarini e’tirof etish borasida kimlar va qanday tartibda ishlashi, agar fuqarolarda e’tiroz bo‘lsa qaysi bosqichda va kimga murojaat qilish kerakligi tushuntirib berilgan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi
Jamiyat | 19:43
-
Norvegiya ilk bor yadro xavfsizligi bo‘yicha strategiyasini taqdim etdi
Jahon | 19:41
-
Armaniston ShHT a’zosi bo‘lishga qaror qildi
Jahon | 19:37
-
“Ilon Mask o‘z bizneslaridan xavotirda, Tramp bilan to‘qnashuvini esa kutgandik" - amerikalik tahlilchi
Jahon | 19:18
Mavzuga oid

12:52 / 24.06.2025
8 sotix yerni 130 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

17:15 / 10.06.2025
“Ekishni xohlamaganlarning yeri xitoyliklarga beriladi” – Urgutda fermerlar shunday ogohlantirildi

14:44 / 21.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?

10:37 / 17.05.2025