Ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga o‘qotar qurollar taktik-texnik tavsiflari amaliy mashg‘ulotlari kiritiladi
“O‘q otish sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida bosqichma-bosqich 10 m masofaga o‘q otish sport bazalari tashkil etiladi hamda ular zamonaviy sport anjomlari va inventarlari bilan jihozlanadi.
2025-2026 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Sport faoliyati: o‘q otish va stenddan o‘q otish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi.
O‘q otish sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarning trenerlari, seleksionerlari, hakamlari va boshqa mutaxassislari kasbiy mahoratini oshirib borish maqsadida mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar, trening va mahorat darslari o‘tkazib boriladi.
2025 yildan boshlab har yili:
➖harbiylashtirilgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida o‘q otish sport turlari bo‘yicha “Mergan” kubogi;
➖o‘q otish sport turlari bo‘yicha belgilangan yosh toifalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatlari o‘tkaziladi.
Tuman (shahar)lardagi sport maktablarida bosqichma-bosqich o‘q otish sport turlari bo‘yicha sport guruhlari tashkil etiladi.
2025-2026 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida:
- chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘quv dasturlari doirasida “O‘qotar va pnevmatik sport qurollarining taktik-texnik tavsiflari” amaliy mashg‘ulotlari kiritiladi;
- amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda harbiy qism, muassasalar, harbiy poligonlarning o‘quv-moddiy bazasidan foydalaniladi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi

20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi

18:01 / 13.02.2025
O‘zbekiston qishki Osiyo o‘yinlari tarixida ikkinchi yaxshi natijasini ko‘rsatdi

15:12 / 13.02.2025