Jahon banki iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’sirini baholadi
Jahon banki iqlim o‘zgarishi 2030 yilga borib yana 100 million odamni qashshoqlikka olib kelishini prognoz qilmoqda. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi oqibatida 80 million kishi ishsiz qoladi.

Foto: Getty Images
Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligida hosildorlikni 10-25 foizga qisqartirishi mumkin.
«Jahon banki iqlim o‘zgarishi 2030 yilga borib yana 100 million odamni qashshoqlikka olib kelishini prognoz qilmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda 3,6 milliard inson iqlim o‘zgarishidan ko‘proq aziyat chekadigan hududlarda istiqomat qilyapti. 2030 yildan 2050 yilga qadar oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligi, bezgak, diareya va issiqlik stressining tarqalishi har yili qo‘shimcha 250 mingta o‘lim holatlarini yuzaga keltiradi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, 2030 yilga borib iqlim o‘zgarishi oqibatida 80 million kishi ishsiz qoladi. «Iqlim o‘zgarishi muammolariga bog‘liq sog‘liqni saqlash xarajatlari 1-5 trillion AQSh dollariga oshishi mumkin», — deydi Ozarboyjon Iqtisodiyot vazirligi vakili «Yashil iqlimni moliyalashtirish va uglerod narxlarining shakllanish siyosati» mavzusidagi seminarda.
Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) bosh kotibi o‘rinbosari Ko Barrettning ma’lum qilishicha, karbonat angidrid gazi metan va azot oksidi bilan birga atmosferada «insoniyat tarixida eng tez» to‘planib qolayotgan asosiy issiqxona gazlaridan biri hisoblanadi.
Tashkilotning 2024 yil bo‘yicha hisoboti karbonat angidrid gazi miqdorining o‘sishini zudlik bilan kamaytirish kerakligiga ilmiy dalil bo‘lib xizmat qiladi. 2004 yilda atmosferadagi ushbu gaz miqdori har million zarraga 377,1 ni (ppm) tashkil etgan, 2023 yilda esa mazkur ko‘rsatkich 420 ga (ppm) yetgan.
Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish global isish Tinch okeanidagi orol davlatlarga xavf solayotganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, BMT rahbari dunyo aholisini issiqlikdan himoya qilish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirgan edi. Tashkilot so‘nggi o‘n yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq davr bo‘lganini ma’lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Rossiyaning butun Ukrainaga bo‘lgan da’vosi haqida ma’lum qildi
Jahon | 08:41
-
Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 08:36
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
Mavzuga oid

10:23 / 12.06.2025
Jahon iqtisodiyotini 2008 yildan beri eng sekin o‘sish kutmoqda - Jahon banki

17:24 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi

09:55 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 35 million dollar ajratdi

16:09 / 15.04.2025