“Sun’iy yo‘ldosh uchirish 1 haftada amalga oshadigan ish emas” – “O‘zbekkosmos”
Agar birinchi bosqichdayoq O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh uchirganida, bu davlat budjetiga millionlab dollar xarajat olib kelgan hamda undan unumsiz foydalanilgan bo‘lardi, deydi “O‘zbekkosmos” rasmiysi. Ma’lum qilinishicha, agentlik hozirgi bosqichda Downstream yo‘nalishida bo‘lib, asosan davlat kosmik monitoringiga urg‘u bermoqda.

Foto: Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan surat
10 oktyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda “O‘zbekkosmos” axborot xizmati rahbari Nodirjon Muqimov O‘zbekistonning “Kosmik fazo, shu jumladan Oy va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlarning faoliyat tamoyillari to‘g‘risida”gi xalqaro shartnomaga qo‘shilishiga doir qonun haqida ma’lumot berdi. Brifing so‘ngida “O‘zbekkosmos” axborot xizmati rahbari Kun.uz muxbirining savollariga javob berdi.
“Bilasizmi, O‘zbekkosmos agentligi ba’zi davlatlarga o‘xshab tezda sun’iy yo‘ldosh uchirmadi. Avval bozorning talab va ehtiyojini o‘rganib chiqqan holda sun’iy yo‘ldosh yoki raketalar bilan emas, balki o‘z faoliyatini sun’iy yo‘ldoshlardan fotosuratlarni olib davlat kosmik monitoringini joriy qilish bilan boshladi. Sun’iy yo‘ldosh uchirish – O‘zbekiston sharoitida 1 haftada amalga oshiriladigan ish emas”, — deydi agentlik rasmiysi Nodirjon Muqimov.
Mutaxassisga ko‘ra, jahon kosmik bozori 3 ta yo‘nalishga bo‘linadi. Birinchisi, Upstream ya’ni sun’iy yo‘ldoshlar va raketalar bilan ishlash, keyingisi Midstream – kosmos bilan yer orasidagi aloqa tizimlarini o‘rganish, uchinchisi esa Downstream – ma’lumotlarni qayta ishlash va yangi mahsulotlarni tatbiq etishdir. “O‘zbekkosmos” agentligi o‘z faoliyati davomida asosiy e’tiborni aynan Downstream yo‘nalishi, ya’ni ma’lumotlarni qayta ishlash va yangi texnologiyalarni tatbiq etishga qaratdi.
“To‘g‘ri, birinchi bosqichdayoq O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh uchirishi mumkin edi, ammo bu davlat budjetiga millionlab dollar xarajatni va shu bilan birga sun’iy yo‘ldoshdan unumsiz foydalanishga olib kelar edi. Har bir uchiriladigan sun’iy yo‘ldoshning yaroqlilik muddati mavjud va shu muddat ichida sun’iy yo‘ldoshdan maksimal foydalanish darkor.
“O‘zbekkosmos” agentligi esa avvalo kosmik xizmatlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, bu bo‘yicha O‘zbekistonda kosmik bozorni tashkil etish borasida xorijiy davlatlarning kosmik agentliklari bilan ikki tomonlama hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu hamkorlik va boshqa davlatlar tajribasini o‘rganish hamda O‘zbekistonga tatbiq qilish doirasida eng avvalo davlat kosmik monitoring tizimi yorqin misol. Ya’ni iqtisodiyot sohalariga kosmik suratlarni tahlil qilish orqali aniq ma’lumotlarni yetkazib berish hisoblanadi. Bu eng katta yutuqlardan biridir”, – deydi agentlik xodimi.

Shuningdek, Muqimov “O‘zbekkosmos”ning hozirgi kunda faoliyati haqida ham ma’lumot berdi:
- Hozirgi kunda agentlik davlat kosmik monitoringiga asosan urg‘u bergan. Bu juda muhim va chuqur jarayon. Geologiya sohasida, qishloq xo‘jaligi sohasida, suv resurslari va boshqa yo‘nalishlarida aynan davlat kosmik monitoring muhim ahamiyatga ega. Masalan, suv omborlaridagi to‘g‘onlarning siljish darajalari, hosildor qishloq xo‘jalik yerlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari, noqonuniy qazish ishlari aynan kosmik monitoring jarayonlarida aniqlanib, kamchiliklar bartaraf etilishiga sabab bo‘lyapti. Bir ibora bor – “Oldinlari pastdan turib, tepani ko‘rishgan bo‘lsa, hozir “O‘zbekkosmos” tepadan turib pastni nazorat qilyapti”.
Xususan, agentlik tizimida Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tashkil etildi. Bugungi kunda agentlik tomonidan Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi, Yer munosabatlari (Kadastr), O‘rmon xo‘jaligi, Ekologiya va Geologiya sohalarida Davlat kosmik monitoringini amalga oshirib kelmoqda, — deya Nodir Muqimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

13:52 / 03.06.2025
NOAA: Quyosh chaqnashi elektr tarmoqlari va sun’iy yo‘ldosh tizimlarini buzishi mumkin

12:55 / 24.05.2025
Bosh prokuratura va «O‘zbekkosmos» ekologik huquqbuzarliklarga qarshi birga kurashadi

21:52 / 11.05.2025
Xitoy Yerning elektromagnit maydonini kuzatish uchun 3 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi

12:21 / 07.05.2025