Orban: Trampning g‘alabasi Yevropani Kiyevga yordamni o‘zgartirishga majbur qiladi
Vengriya bosh vazirining aytishicha, Trampning prezidentligi AQSh yo‘nalishini Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik kelishuvi foydasiga o‘zgartiradi va Yevropa «urush yukini yolg‘iz o‘zi ko‘tara olmaydi», moslashishga majbur bo‘ladi.

Foto: Facebook / orbanviktor
AQSh prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qozonsa, Yevropa Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasini qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi, dedi Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 3 noyabr, yakshanba kuni, deb yozadi Reuters. Uning taxminiga ko‘ra, Tramp prezident sifatida Qo‘shma Shtatlarning yo‘nalishini Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi «tinchlik kelishuvi»ga o‘zgartiradi, bu holda Yevropa «urush yukini yolg‘iz o‘zi ko‘tara olmaydi». moslashishga majbur bo‘ladi.
«Biz Yevropada shuni anglab yetishimiz kerakki, agar Amerikada tinchlik tarafdori bo‘lgan prezident bo‘lsa, mening bunga nafaqat ishonchim komil, balki raqamlarni shunday talqin qilyapman, va Amerika tinchlik tarafdori bo‘lsa, Yevropa urush tarafdori bo‘lib qololmaydi», dedi Orban. Ukrainani qo‘llab-quvvatlashning maqsadga muvofiqligi masalasi kelasi hafta oxirida Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi sammitida ham muhokama qilinishi kerak, deb hisoblaydi Orban. U o‘sha yerda bo‘lib o‘tadigan YeI yetakchilarining norasmiy uchrashuviga ishora qildi.
YePda Vengriya bosh vaziri bilan keskin munozara yuz berdi
Yevroparlament a’zolari Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan munozaralar chog‘ida uni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqinlikda ayblab, asosiy huquq va erkinliklarning buzilishi, shuningdek, Vengriyadagi korrupsiyaning yuqori darajasini keskin qoralashdi. 9 oktyabr kuni Strasburgda konservatorlardan tortib so‘llargacha bo‘lgan keng ko‘lamli siyosiy kuchlar vakili bo‘lgan ko‘plab yevropalik parlamentariylar Orbanga qarshi chiqishdi.
Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen o‘tgan yozda Orbanning keng tanqid qilingan «tinchlik tashabbusi»ni esladi, unda u boshqa narsalar qatorida Vladimir Putin va Donald Tramp, shuningdek, Xitoy rahbari Si Jinpinning oldiga Bryussel bilan kelishmasdan turib tashrif buyurgan. Urush sababini «Putinning hokimiyatga intilishida emas, balki Ukrainaning erkinlikka chanqoqligida» ko‘rayotganlar hamon bor», — dedi u.
O‘z navbatida, 2010 yildan beri hokimiyatda bo‘lgan venger o‘ng populisti qonun chiqaruvchilarni o‘z mamlakati haqida «so‘l qarashdagi yolg‘onlar»ni tarqatishda va joriy yarim yil davomida Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Vengriyaga qarshi «o‘ziga xos intifada»da aybladi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eng badavlat 1 foiz odamning boyligi 33,9 trillion dollarga ko‘paydi
Jahon | 16:24
-
Harbiy xarajatlarni oshirayotgan Yevropa va NATO mudofaasiga sodiq Tramp - Haagadagi sammit tafsilotlari
Jahon | 15:45
-
XVJ O‘zbekistonda «soliq yuki»ni kengaytirishni taklif qildi. Iqtisodchi berilgan tavsiyalarni keskin tanqid qildi
Iqtisodiyot | 15:45
-
“O‘rnimda boshqa odam bo‘lganda ham shu ishni qilardi” - bolakayni qutqargan YPX inspektori haqida
Jamiyat | 15:35
Mavzuga oid

15:45
Harbiy xarajatlarni oshirayotgan Yevropa va NATO mudofaasiga sodiq Tramp - Haagadagi sammit tafsilotlari

15:03
Tramp Netanyahuga qarshi korrupsiya bo‘yicha ishni yopishga chaqirdi

14:33
Tramp Rossiya hech qachon NATOga hujum qilmasligiga va’da berdi - The Washington Post

13:10