Antarktidaning eng muammoli muzliklaridan biri “tutash”ni boshladi
Sun’iy yo‘ldosh tasviri Antarktidaning Payn-Aylend muzligi ustidagi g‘ayrioddiy atmosfera hodisasini ko‘rsatdi.

Foto: AP
AQSh Geologiya xizmatiga tegishli Landsat 8 sun’iy yo‘ldoshidan olingan suratda muzlik ustidan ko‘tarilayotgan “dengiz tutuni”ni ko‘rish mumkin. Payn-Aylend muzligi qit’aning eng muhim va zaif muz massivlaridan biri sanaladi, deb yozmoqda Newsweek.
Ochiq osmon tufayli bir vaqtning o‘zida ikkita noyob atmosfera hodisasi tasvirga olindi: muzlik chetidagi dengiz tutuni hamda Antarktida ichkarisidan sohil tomonga esadigan kuchli shamollar tufayli ko‘tarilgan qor oqimlari.
Bu kabi yer yuzasiga yaqin noyob atmosfera hodisalari odatda bulutlar ostida yashiringan bo‘ladi, deydi Goddard nomidagi kosmik parvozlar markazi glyatsiologi Kristofer Shuman.
Dengiz tutuni — issiq qahva finjonidan ko‘tarilayotgan bug‘ni eslatuvchi hodisa. U muz, suv va havoning o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, kuchli shamol suv va dengiz muzlarini haydaydi, natijada iliqroq suv yuzaga yaqinroq ko‘tariladi.
Nisbatan iliq suv sovuq Antarktika havosi bilan to‘qnashganda, kondensatsiya jarayoni yuzaga keladi. Jarayon davomida muz kristallari hosil qilinib, yuqoridan qaraganda ular yuzadan ko‘tarilayotgan oqimlarga o‘xshab ko‘rinadi.
Payn-Aylend muzligi muz oqimlarining G‘arbiy Antarktikadan Amundsen dengiziga o‘tishi uchun g‘oyat muhim yo‘l hisoblanadi. Biroq so‘nggi paytlarda bu muzlik shiddatli erishi bilan e’tiborni tortmoqda. Undan ajralayotgan muz parchalari shu qadar kattaki, hatto ularga rasmiy nomlar berilmoqda.
Bundan tashqari, tasvirlarda kuchli bahor shamollari olib keladigan qor oqimlarini ham ko‘rish mumkin. Ular muzlikning janubiy chekkasida yaqqolroq ko‘rinadi, bu yerda oqimlar maydalangan muzdan hosil bo‘ladi.
“Antarktika ichkarisida uzoq oylar davomida izolyatsiya qilingan sovuq havo bilan birga keluvchi bunday shamolning kuchiga ajablanmasa ham bo‘ladi”, — deydi Shuman.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

13:50 / 23.06.2025
Britaniyada olimlar Arktikani «qayta muzlatish» rejasini sinovdan o‘tkazmoqda

17:57 / 09.06.2025
Markaziy Osiyodagi eng yirik Fedchenko muzligining qariyb 40 foizi erib ketdi

22:55 / 21.04.2025
Shimoliy Muz okeanidagi muzliklar maydoni tarixdagi minimal darajaga yetdi

00:24 / 09.04.2025