Avstraliyada tushib ketgan telefonini olishga uringan ayol 7 soat tosh orasida qolib ketdi
Avvaliga uning do‘stlari mustaqil ravishda ayolni chiqarib olishga uringan, ammo keyinroq qutqaruvchilarni yordamga chaqirishga majbur bo‘lgan.

Foto: NSW Ambulance
Avstraliyada oyog‘i yuqoriga qaragan holda toshlar orasida yetti soat qolib ketgan ayol qutqarib olindi, deb xabar beradi The Guardian.
Ma’lum qilishicha, Matilda Kempbell tasodifan tushirib yuborgan telefonini olaman deb toshlar orasidagi uch metrli yoriqqa tushib ketgan. Voqea Yangi Janubiy Uelsda sodir bo‘lgan — og‘irligi yarim tonnaga yetadigan tosh ayolni qisib qolgan.
Avvaliga uning do‘stlari mustaqil ravishda Matildani chiqarib olishga uringan, ammo keyinroq qutqaruvchilarni yordamga chaqirishga majbur bo‘lgan. Mutaxassislar chig‘irdan foydalanib, 500 kilogrammni toshni siljitishga va ayolni tor teshik orqali chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgan.
Piter Uots ismli qutqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, mazkur voqea uning 10 yillik faoliyatidagi eng murakkab vazifalardan biriga aylangan.
Matildaga jiddiy jarohat yetmagan — uning ba’zi joylari ko‘kargan va shilingan, ammo telefonni topishning imkoni bo‘lmagan.
Kempbell ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga ushbu holat bo‘yicha post qoldirdi: «Ishonch bilan aytish mumkinki, men — baxtsiz hodisalarga ko‘p uchraydigan insonman. Ahvolim yaxshi, faqat biroz jarohat oldim va hozirda o‘zimni qayta tiklamoqdaman. Endi ma’lum bir vaqt hech qanaqa tog‘ga chiqish yo‘q!» Shuningdek, ayol do‘stlari va qutqaruvchilar jamoasiga minnatdorchilik bildirgan.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41 / 07.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21 / 07.07.2025
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 07.07.2025
-
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri bilan strategik sheriklik munosabatlarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:57 / 07.07.2025
Mavzuga oid

17:42 / 07.07.2025
Avstraliyalik ayol qarindoshlarini zaharli qo‘ziqorin bilan o‘ldirdi

20:40 / 04.07.2025
Avstraliyada erkak juda kam uchraydigan virusdan vafot etdi

22:37 / 29.06.2025
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi

13:43 / 11.06.2025