Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiya aeroportida yo‘lovchilar va ularni kuzatgani chiqqanlarga 3 daqiqadan ortiq quchoqlashish taqiqlandi
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bunday chorani «noinsoniy» deb atab, aeroport yo‘lovchilar hamda ularning yaqinlarini shaxsiy xayrlashuv onlariga aralashishga haqqi yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Foto: CNN
Yangi Zelandiyadagi Danidin aeroporti yo‘lovchilar va ularni kuzatib qo‘yuvchilarga 3 daqiqadan ortiq quchoqlashishni taqiqladi.
«Mehribonroq xayrlashish uchun, iltimos, avtoturargohdan foydalaning», — deyiladi aeroportga kirishga o‘rnatilgan belgidagi yozuvda.
Yangi qoida haqida sentabr oxirlarida Danidin sayti orqali ma’lum qilingan, CNN jurnalistlar bunga endi e’tibor qaratdi. Aeroport direktori Deniel De Bono mazkur qoidaga izoh berar ekan, 2003 yilgi tadqiqot natijalaridan misol keltirgan. Unda aytilishicha, 20 soniyali qisqa quchoqlashuv ham insonning jismoniy salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchib ketayotganlar va kuzatuvchilar sekin-asta xayrlashadigan bo‘lsa, qolganlar bunga ulgurmay qolishi mumkin. CNN’ning aniqlik kiritishicha, aeroport oldidagi avtoturargohdan faqat 15 daqiqa davomida bepul foydalanish mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bunday chorani «noinsoniy» deb atab, qator savollarni o‘rtaga tashlamoqda: «Ular endi xayrlashuv uchun ham qoidalar o‘rnatmoqdami? Bular uchun biror muqaddas narsa bormi o‘zi?». Ko‘pchilik aeroport yo‘lovchilar hamda ularning yaqinlarini shaxsiy xayrlashuv onlariga aralashishga haqi yo‘qligini aytmoqda. Ammo mazkur yangilikni qo‘llab-quvvatlayotganlar ham topilyapti. Ular bunday cheklovlarni dunyoning boshqa aeroportlarida ham joriy etish taklifini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"Moskva-Siti"da VTB dronlar tahdidi tufayli masofaviy ishlashga o‘tdi
Jahon | 12:58
-
Toshkent viloyatida Labo’ga suv to‘ldirib, cho‘milganlar 12 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 12:37
-
Kallas: Tramp Ukrainada tinchlikka erishish uchun Rossiyaga juda uzoq vaqt berdi
Jahon | 12:35
-
Toshkentda magistraturaga kirish uchun sertifikat olib berishni va’da qilganlar ushlandi
Jamiyat | 12:22
Mavzuga oid

14:59 / 14.07.2025
Londondagi "Sautend" aeroporti samolyot falokatidan keyin yopildi

18:03 / 09.07.2025
AQSh aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi bekor qilindi

21:44 / 26.06.2025
Yaponiyada ayiq aeroport faoliyatini falajlab qo‘ydi

18:13 / 19.06.2025