O‘zbekiston hech qanday harbiy tuzilmalarga qo‘shilmaydi - Akmal Saidov
Shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi davlat sifatida qoladi. O‘zbekiston tashqi siyosatining shu mazmundagi asosiy tamoyillari Konstitutsiyaning yangi tahririda mustahkamlab qo‘yilgan va ularga qat’iy amal qilinadi.

Foto: Fergana.media
O‘zbekiston hech qanday harbiy tuzilmalarga qo‘shilmaydi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi davlat sifatida qoladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov Toshkentda o‘tkazilgan Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi ochilishida ma’lum qildi.
Fergana.media muxbirining O‘zbekiston boshqa davlatlar bilan yaqin hamkorlik qilish maqsadida o‘z suverenitetini cheklashga rozi bo‘ladimi, degan savoliga Saidov salbiy javob berdi.
«Konstitutsiyamizning birinchi moddasida O‘zbekiston suveren davlat ekanligi qayd etilgan. Agar biz har qanday harbiylashtirilgan mudofaa tuzilmalari va tashkilotlariga qo‘shilish haqida gapiradigan bo‘lsak, unda yo‘q, biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz yigitlarimizni hech qachon harbiy missiyalarni, shu jumladan tinchlikparvarlik missiyalarini bajarish uchun [chet elga] yubormaymiz. Hududimizda xorijiy harbiy bazalar bo‘lmaydi», dedi vitse-spiker.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga integratsiyaga kelsak, bu tashkilotda O‘zbekiston uchun kuzatuvchi davlat maqomi ko‘proq mos keladi, dedi Saidov.
«Men O‘zbekistonning YeOIIga kirish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha parlament komissiyasi rahbariman. Biz ushbu tashkilotning mingdan ortiq turli hujjatlarini sinchiklab o‘rganib chiqdik va bugun shunday xulosaga keldik — O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomini saqlab qolishdan manfaatdor», dedi u.
Saidovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston YeOIIga qo‘shilishdan juda kam foyda olgan. O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari esa Konstitutsiyaning yangi tahririda mustahkamlab qo‘yilgan va ularga qat’iy amal qilinadi.
YeOII 2001 yilda tashkil qilingan bo‘lib, unga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya a’zo sanaladi. Moldova va Kuba, shuningdek, 2020 yil dekabr oyida O‘zbekiston kuzatuvchi davlat maqomini olgan.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident administratsiyasida qator o‘zgarishlar ro‘y berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 24.06.2025
-
Surxondaryo viloyati FVBga yangi boshliq tayinlandi
O‘zbekiston | 23:30 / 24.06.2025
-
Urush kundaligi: Isroil vayronalari
Jahon | 23:23 / 24.06.2025
-
AQSh O‘zbekiston fuqarolarining viza arizalarini qariyb 65 foizini rad etdi
Jahon | 23:12 / 24.06.2025
Mavzuga oid

18:24 / 31.05.2025
«Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda davom etamiz» - Abdulaziz Komilov

13:47 / 31.05.2025
«Harbiy to‘qnashuv ham turgan gap edi» - Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyoda 2016 yilgacha bo‘lgan muhit haqida

21:19 / 03.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?

15:07 / 03.05.2025