Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim shaxslarga O‘zbekiston hududiga kirish rad etilishi mumkin
Boshqa davlat hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs o‘zi haqida bila turib soxta ma’lumotlar bergan, qalbaki hujjatlarni taqdim etgan yoki zarur hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa yoxud biometrik ma’lumotni topshirishni rad etayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston hududiga kirish rad etilishi mumkin.
Prezident tomonidan «Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, O‘zbekiston davlat chegarasini yorib o‘tish yo‘li bilan belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O‘zbekistonga kirish yoxud chegaradan o‘tish jinoyat tarkibini tashkil etadi.
Jinoyat protsessual kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarda, tergovga qadar tekshiruvni o‘tkazuvchi, shuningdek ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish vakolatiga ega sub’yekt DXXning Chegara qo‘shinlari ekanligi to‘g‘risida aniqlik kiritilmoqda (ilgari chegarani qo‘riqlash organlari, chegara qo‘shinlari ko‘rsatilgan).
Shu kabi aniqliklar quyidagi qonunlarga kiritilmoqda:
- «Temiryo‘l transporti to‘g‘risida»
- «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»;
- «To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida»;
- Bojxona kodeksi.
Bundan tashqari, endilikda boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘zi haqida bila turib soxta ma’lumotlar bergan bo‘lsa, qalbaki hujjatlarni taqdim etgan bo‘lsa yoki zarur hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa yoxud biometrik ma’lumotlarni topshirishni rad etayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston hududiga kirish rad etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11
-
BMT sudi iqlim o‘zgarishini jiddiy tahdid deb tan oldi
Jahon | 22:59
-
Migrantlarni Rossiyaga kirishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va emlash taklif etildi
Jahon | 22:56
-
Isroil parlamenti O‘rdun daryosi g‘arbiy sohilini anneksiya qilishni ma’qulladi
Jahon | 22:44
Mavzuga oid

11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi

08:52 / 01.03.2025
Diniy tashkilotlar va davlat organlari o‘zaro bir-birining faoliyatiga aralashmaydi

14:12 / 18.02.2025
O‘zbekistonda 13 mingdan ortiq xorijlik talaba tahsil olayotgani aytildi

15:07 / 11.02.2025