Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda oxirgi 50 yilda yovvoyi hayvonlar soni 73 foizga qisqarib ketgani ma’lum bo‘ldi
Olimlarning hisoblashicha, yovvoyi tabiat uchun eng katta tahdid yashash muhitining buzilishi va yo‘qolishidir.

Foto: Unsplash
Butun dunyoda oxirgi 50 yil ichida yovvoyi hayvonlar soni o‘rtacha 73 foizga qisqarib ketdi. Bu haqda Yovvoyi tabiat xalqaro fondining (WWF) hisobotida so‘z boradi.
Hisobotda qayd etilishicha, inson faoliyati «turlarning halokatli darajada yo‘qolishiga» olib kelishni davom etmoqda. WWF ma’lumotlariga ko‘ra, tropik o‘rmonlardagi fillardan tortib, Katta To‘siq rifidagi dengiz toshbaqalarigacha populyatsiyasi kamaymoqda.
Yovvoyi tabiatning yo‘qolib borayotganiga misol sifatida inson faoliyati natijasida Amazonka daryosida yashovchi pushti delfilarning 60 foiz populyatsiyasi yo‘q qilingani keltirilgan — bunga suvning ifloslanishi va foydali qazilmalarni qazishdagi xavflar sabab bo‘lgan.
Hisobotda aytilishicha, yovvoyi tabiat uchun eng katta tahdid yashash muhitining buzilishi va yo‘qolishi, undan keyin haddan tashqari ekspluatatsiya, invaziv turlar, kasalliklar, iqlim o‘zgarishi va ifloslanish ta’sir ko‘rsatyapti.
Reding universitetining ekologiya bo‘yicha professori Tom Oliverga ko‘ra, ushbu ma’lumotlar hasharotlar sonining kamayishi kabi boshqa holat bilan birlashtirilsa, «biologik xilma-xillikning global yo‘qolishiga oid kartina» hosil bo‘ladi.
Shu bilan birga, WWF hisobotida yovvoyi tabiatni saqlab qolish ishlarida muvaffaqiyatdan umid beruvchi holatlar ham keltirilgan. Masalan, Sharqiy Afrikada tog‘ gorillalari populyatsiyasi 2010 yildan 2016 yilga qadar 3 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

20:56 / 11.06.2025
Shimoliy Afrikadan G‘azoga birdamlik karvoni yo‘lga chiqdi

23:35 / 14.05.2025
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda

23:39 / 20.03.2025
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi

20:43 / 09.03.2025