AQShning Iroqdagi harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi
Bag‘dod yaqinida joylashgan Victory harbiy bazasiga uchta raketa uchirildi. Raketalar yo‘q qilingan, qurbonlar yo‘q, deb xabar bermoqda AFP manbalarga tayanib.

Foto: AFP
Iroqda 1 oktyabr, seshanba kuni ertalab Bag‘dod aeroporti yaqinida joylashgan AQShning Victory harbiy bazasi uchta raketa hujumiga uchradi. Bu haqda xavfsizlik doiralaridagi manbalarga tayanib, AFP agentligi xabar berdi.
Agentlik suhbatdoshlaridan birining aytishicha, ikkita raketa bazaning mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan, uchinchisi esa terrorizmga qarshi kurash qo‘mondonligi shtab-kvartirasi yaqinida qulagan. Yana bir manba bu ma’lumotni tasdiqlab, hodisa natijasida hech kim jabrlanmagani va raketalar aviatsiya harakatiga ta’sir qilmaganiga aniqlik kiritdi.
AFP ta’kidlaganidek, 2023 yil 7 oktyabrda Hamas tashkiloti Isroilga hujum qilganidan so‘ng boshlangan Yaqin Sharqdagi mojaroning keskinlashuvining yangi bosqichi fonida Iroqdagi AQSh kuchlari tomonidan foydalaniladigan bazalarga hujumlar ko‘paydi.
Ayni paytda Iroqda 2500 ga yaqin amerikalik askar joylashgan, yana 900 nafar amerikalik harbiy esa Suriyada xizmat qilmoqda.
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
AQSh boshchiligidagi IShIDga qarshi kurashayotgan xalqaro koalitsiya Iroqdagi missiyasini bir yildan keyin yakunlaydi. Vashington va Bog‘dod bir necha oy davom etgan muzokaralardan keyin bu borada kelishuvga erishdi. Iroqdagi koalitsiya qo‘shinlarining missiyasi uzog‘i bilan 2025 yil sentabr oxirida yakunlanadi.
Amerikalik yuqori martabali vakilning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar ikki bosqichli o‘tish rejasini kelishib olgan. Birinchi bosqichda — 2025 yil sentabrga qadar «Iroqning ma’lum bazalaridagi» koalitsiya qo‘shinlari faoliyati to‘xtatiladi. Shu bilan birga, Suriyada IShIDga qarshi kurash davom etadi — ikkinchi bosqichda koalitsiya qo‘shinlariga Suriyada maxsus operatsiyalarni o‘tkazish uchun 2026 yil sentabrga qadar Iroq hududidan foydalanishga ruxsat beriladi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

21:31
AQSh Eronga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi

19:18
“Ilon Mask o‘z bizneslaridan xavotirda, Tramp bilan to‘qnashuvini esa kutgandik" - amerikalik tahlilchi

16:57
AQSh nafaqat Ukrainaga, balki boshqa mamlakatlarga ham harbiy yordamni to‘xtatdi

15:55