Yunusobodda Jyentra haydovchisi drift qilib, avariya holati yuzaga keltirdi. Chora ko‘riladimi?
To‘y kortejida qatnashgan Jyentra haydovchisi odamlar gavjum ko‘chada avtomobilini ko‘z-ko‘z qilib, turli tomonga tartibsiz harakatlanib, yo‘l chetida turgan ikki o‘quvchini urib yuborishiga bir baxya qoldi. Avtomobil raqami ma’lum - 10 O 702 XA. Faqat undagi “erkatoy”ni aniqlash va tegishli chora ko‘rish qolgan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, holat poytaxtning Yunusobod tumani Shahriston ko‘chasida, shahar 7-sonli kasalxonasi yaqinida yuz bergan.
Qora rangli Jyentra haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan holda yo‘lning o‘rtasida bir necha marta xavfli manyovrlar va drift qilgan. Guvohga ko‘ra, u yo‘l chetidagi ikki o‘quvchini urib yuborishiga bir baxya qolgan. Kamera yozuvlarida mashinaning davlat raqami 10 O 702 XA ekani ko‘rinadi.
MJtKning 128-5-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra, haydovchi yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek, avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan, ya’ni yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga yoki o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi - 3 mln 400 ming so‘m jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu holatga poytaxt YHXX rasmiylari e’tibor qaratib, qoidabuzarga tegishli chora ko‘rishi lozim.
Tavsiya etamiz
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya bosh vaziri birgalikda daraxt ekdi
Jahon | 16:56
-
Jamoa ustunlari: yo‘llanma qo‘lga kiritilishida kimlar qanday hissa qo‘shdi?
Sport | 16:29
-
Yevropaga ochilayotgan eshik: Slovakiya bosh vaziri tashrifi va O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar
O‘zbekiston | 16:24
Mavzuga oid

20:10 / 03.06.2025
Qashqadaryoda 74 ta qoidabuzarlik qilgan haydovchi ushlandi

16:22 / 31.05.2025
Qashqadaryoda 17 bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi

17:28 / 21.05.2025