Olimlar Xitoydagi Uxan bozori koronavirusning dastlabki o‘chog‘i bo‘lganini isbotladi
Xitoylik biologlar hamda ularning AQSh va Yevropadagi hamkasblari 2019 yil oxiri - 2020 yil boshida Uxan bozori hududidan to‘plangan koronavirus genomining tuzilishini o‘rganib chiqdi.

Foto: Getty Images
Xitoylik biologlar hamda ularning AQSh va Yevropadagi hamkasblari 2019 yil oxiri — 2020 yil boshida Uxan bozori hududidan to‘plangan koronavirus genomining tuzilishini o‘rganib, ushbu savdo maydonchasiga olib kelingan yovvoyi hayvonlar koronavirusning ilk va yagona manbasi bo‘lganini aniqladi.
«Afsuski, Xitoy kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazidan bo‘lgan hamkasblarimiz yetib borgunga qadar bozordan ko‘plab hayvonlar chiqarib tashlangan, shu bois bizda ularning kovid bilan kasallanganini isbotlovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalillar yo‘q. Shunga qaramay, biz virus zarralari aniqlangan peshtaxtalardan ularning DNK va RNK parchalarini topdik. Bu bozorda kasallangan hayvonlar saqlangan bo‘lsagina aniqlanadigan holat», — deydi Parijdagi Ekologiya va tabiat fanlari instituti yetakchi ilmiy xodimi Florens Debarr.
Dunyo bo‘ylab 7 milliondan ortiq insonning o‘limiga sabab bo‘lgan SARS-CoV-2 virusi aniqlangan bozorda ekzotik oziq-ovqatlar sotilgan, ammo pandemiya boshlaganidan keyin virusning ko‘plab turlari paydo bo‘la boshlagani sabab olimlar Uxan bozori birinchi va yagona manba ekanini aniq ayta olmaydi.
Bunday farazlar xalqaro ilmiy jamiyatda ko‘plab bahs-munozaralarni, shuningdek, o‘nlab konspirologik qarashlarni yuzaga keltirdi. Xitoy kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi mutaxassislari bir-biriga zid ushbu ma’lumotlarga barham berish maqsadida yetakchi epidemiolog, biolog va genetiklarga pandemiya boshidayoq Uxan bozoridan to‘plangan barcha biomateriallarni taqdim etgan.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, genom tuzilishi hamda xilma-xillik darajasi Uxan bozoridagi va birinchi kovid tashuvchilar tanasidan olingan virus namunalari bilan bir xil. Taxminlarga ko‘ra, SARS-CoV-2 virusining tashuvchilari bozorga Janubi-Sharqiy Osiyodan yoki Xitoyning markaziy hududlaridan kelib qolgan. Ushbu hududlardagi yovvoyi hayvonlarni o‘rganish orqali koronavirusning «vatanini» aniqlash mumkin bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy Yevropa brendlariga antidemping bojlarini joriy etdi
Jahon | 21:57
-
Boeing 2,8 mlrd dollar evaziga Pentagonga ikkita sun’iy yo‘ldosh yetkazib beradi
Jahon | 21:52
-
«Bu hazilmi?» – peruliklar prezident maoshining ikki baravar oshirilganini keskin muhokama qilishyapti
Jahon | 20:44
-
Avstraliyada erkak juda kam uchraydigan virusdan vafot etdi
Jahon | 20:40
Mavzuga oid

15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi

17:43 / 03.12.2024
AQSh kongressmenlari koronavirus laboratoriyada yaratilganiga beshta dalil keltirdi

13:54 / 18.09.2024
Koronavirusning yangi varianti XeC tarqalmoqda: u oldingilaridan qanday farq qiladi?

21:46 / 20.08.2024