AQSh kongressmenlari koronavirus laboratoriyada yaratilganiga beshta dalil keltirdi
Kongressmenlar COVID-19 ga oid ikki yillik tekshiruv yakunlari bo‘yicha hisobot e’lon qildi.

Foto: AP
Hisobotda koronavirus katta ehtimol bilan laboratoriyada yaratilgani va sizib chiqish oqibatida tarqalgani haqida xulosa qilingan. Hujjat Vakillar palatasi nazorat qo‘mitasining koronavirus bo‘yicha kichik qo‘mitasi tomonidan taqdim etildi.
“COVID-19 virusi Xitoyning Uhan shahridagi laboratoriyadan kelib chiqqani ehtimoli yuqori”, — deyiladi unda.
Hisobot mualliflari o‘z nuqtai nazarlarini isbotlash uchun beshta dalil keltirdi. Xususan, virus tabiatda aniqlanmagan biologik xususiyatlarga ega ekani qayd etilgan. Ularning ta’kidlashicha, COVID-19 ga chalinishining barcha holatlari virus inson tanasiga bir marta kirgani natijasida yuzaga kelgan.
Bundan tashqari, qonunchilar Uhanda SARS viruslarini o‘rganishga ixtisoslashgan yetakchi tadqiqot laboratoriyasi mavjudligini ta’kidladi. Bu muassasada “yetarlicha biologik xavfsiz bo‘lmagan” sharoitda tadqiqotlar o‘tkazib kelingan, deydi ular.
“Uhan virusologiya instituti tadqiqotchilari COVID-19 yovvoyi hayvonlar bozorida aniqlanishidan bir necha oy oldin, 2019 yil kuzida koronavirusga o‘xshash virus bilan kasallangan. Ilm-fanning barcha mezonlariga ko‘ra, agar tabiiy kelib chiqishga oid dalillar mavjud bo‘lsa, ular allaqachon aniqlangan bo‘lardi”, — deb xulosa qildi ma’ruzachilar.
The Wall Street Journal nashri razvedkaning maxfiy hisoboti mazmuni bilan tanish manbalarga asoslanib xabar berishicha, avvalroq AQSh Energetika vazirligi COVID-19 Xitoy laboratoriyasidan sizib chiqqan, degan taxminga qo‘shilgan. AQSh hukumatining milliy laboratoriyasi ushbu nazariyaga “ishonchli” deb qarashni taklif qildi, FQB ham bu fikrni qo‘llab-quvvatladi, biroq milliy razvedka bunday talqinga shubha bildirdi. WSJ yozishicha, yana to‘rtta razvedka agentligi virusning tabiiy kelib chiqish nazariyasini qo‘llab-quvvatlamoqda, ikkitasi aniq to‘xtamga kelmagan.
“Hozirgi kunda AQSh hukumatida COVID-19 qanday paydo bo‘lgani to‘g‘risida yagona fikr yo‘q”, — degandi Oq uy vakili Jon Kirbi 2023 yilning fevral oyida.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning tabiiy kelib chiqishi ehtimoli yuqori deb hisoblaydi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
TIV Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 01:07
-
Tramp oilasi 499 dollarlik «Oltin smartfon»ni sotuvga chiqaradi
Jahon | 00:30
-
“Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q” – siyosatshunos
Jahon | 00:11
-
Isroil armiyasi Eronga qarshi harbiy operatsiyaning birinchi bosqichi yakunlanganini e’lon qildi
Jahon | 23:37 / 16.06.2025
Mavzuga oid

00:30
Tramp oilasi 499 dollarlik «Oltin smartfon»ni sotuvga chiqaradi

00:11
“Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q” – siyosatshunos

22:20 / 16.06.2025
Tramp Rossiyaning G8 tashkilotidan chetlatilishini xato deb atadi

19:40 / 16.06.2025