Boysundagi konda 4 kishi halok bo‘lgan - Sherzod Asadov
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning tasdiqlashicha, bu 4 nafar odamning shaxsiga aniqlik kiritilganida konda ishlagan pudratchi tashkilot xodimlari ekani ma’lum bo‘lgan. Hozirda jabrlanganlar soni aniqlashtirilmoqda.

Foto: Eriell
17 sentabr kuni Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida sodir bo‘lgan yangi avariya oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Bu haqda Gazeta.uz davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadovga tayanib yozmoqda.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning shaxsiga aniqlik kiritilganida ular konda ishlagan pudratchi tashkilot xodimlari ekani oydinlashgan. Hozirda jabrlanganlar soni aniqlashtirilayotgani aytilmoqda.
“Tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan bir nechta jabrlanganlar borligi ma’lum. Ularning barchasini ham kasalxonaga yotqizish zarurati bo‘lmagan. Soat 16:00 holatiga shifoxonada bir nafar ishchi bo‘lgan”, – deyiladi xabarda.
Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevga hodisa sodir bo‘lishi bilanoq xabar berilgan. U tegishli topshiriqlar berib, real vaqt rejimida vaziyat haqida ma’lumot olmoqda.
Hodisa sodir bo‘lgan joyga mas’ul vazirlik va tashkilotlar rahbarlari yetib borgan. Mahalliy tuzilmalarga avariya oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun xorijiy mutaxassislar jalb qilingan.
18 sentabr soat 18:00 da Boysun tumanida bo‘lib turgan favqulodda vaziyatlar va energetika vazirlari tomonidan “M25” konining o‘zida matbuot anjumani bo‘lishi va qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu kuni AOKAda OAV bilan o‘tgan yig‘ilishda Ekologiya vazirligi hamda Bosh prokuratura vakillari gaz konidagi ofat takrorlanganini tasdiqlagandi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi
O‘zbekiston | 17:00
-
AQSh nafaqat Ukrainaga, balki boshqa mamlakatlarga ham harbiy yordamni to‘xtatdi
Jahon | 16:57
-
Rossiyada o‘yinchoq qurol bilan raqsga tushgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi
Jahon | 16:34
-
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Haydar Aliyev va Ozarboyjon qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi
O‘zbekiston | 16:09
Mavzuga oid

12:46 / 28.06.2025
Boysunda metan-zapravkada Nexia portlab ketdi. Qurbon bor

14:09 / 18.06.2025
Boysun o‘rmon hududida yirik yong‘in: 3 gektar maydondagi olov qariyb 14 soatda o‘chirildi

21:16 / 11.06.2025
Boysunda vodorod sulfidi gazi miqdori me’yordan oshmagan – Ekovazirlik

17:35 / 11.06.2025