Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi. YeI mamlakatga o‘t o‘chiruvchi samolyotlarni yubormoqda
Portugaliya hukumati Yevropa Ittifoqidan keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda yordam so‘radi, deb xabar beradi Euronews.

Foto: AP
Qayd etilishicha, kamida to‘qqizta alanga o‘chog‘ini nazoratga olishning imkoni bo‘lmayapti. O‘t o‘chiruvchilarning ishiga issiq havo va kuchli shamol xalaqit bermoqda.
Mamlakat hukumatining ma’lum qilishicha, favqulodda xatar zonasida 100 dan ortiq munitsipalitet, jumladan, aholisi gavjum bo‘lgan hududlar ham joylashgan. 15 sentabr kuni mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi — u kamida chorshanba kuniga qadar amalda bo‘ladi.
Eng og‘ir vaziyat Portugaliya shimolida joylashgan Aveyru shahrida kuzatilmoqda, u yerda bir nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘lgan, ko‘plab uylar yonib ketgan.
Yevropa Ittifoqi fuqarolik mudofaasi mexanizmi Portugaliyaga zudlik bilan o‘t o‘chirish texnikalari, jumladan, boshqa davlatlardan aviatsiya yordamini olishni ta’minlaydi. Hozirda Ispaniya va Fransiya o‘zlarining o‘t o‘chiruvchi samolyotlarini yuborgan. Yevropa Ittifoqi Lissabonga yangi alanga o‘choqlarini kuzatishda yordam beradigan real vaqt rejimidagi sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini taqdim etadi.
BBC’ning yozishicha, Portugaliyada 1,5 mingga yaqin o‘t o‘chiruvchi o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashga jalb etilgan. «Vaziyat nazorat ostidan chiqib ketmadi, ammo juda murakkab. Bugun og‘ir kun bo‘ladi, ertaga ham», — deydi milliy fuqarolik mudofaasi qo‘mondoni Andre Fernandes.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada barcha noutbuklarga mahalliy operatsion tizim o‘rnatish majburiyati yuklanadi
Jahon | 19:32
-
Tramp ma’muriyati Serbiyadan deportatsiya qilingan migrantlarni qabul qilishni so‘radi
Jahon | 19:26
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 18:34
-
Tinch okeanida 3 mingta avtomobil ortilgan kema yonib ketdi
Jahon | 18:26
Mavzuga oid

21:56 / 29.05.2025
Kanadada o‘rmon yong‘inlari minglab gektar maydonni egalladi

16:09 / 28.05.2025
O‘zbekistonning Portugaliyadagi yangi elchisi tayinlandi

11:32 / 19.05.2025
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi

19:50 / 16.05.2025