Navalniyning advokatlari ustidan mahkama yopiq eshiklar ortida o‘tadi
Jarayonning yopiq rejimga o‘tkazilishi «E» markazining «FBK»go‘yoki provokatsiyalar tayyorlayotgani haqidagi bayonotidan keyin sodir bo‘ldi. Navalniyning uch nafar advokati ekstremistik hamjamiyatda ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Foto: AP
Vladimir oblasti Petushinskiy tuman sudida 12 sentabr, payshanba kuni marhum rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning uch advokati ustidan ochilgan sud jarayoni yopiq rejimga o‘tkazildi. «Mediazona» xabariga ko‘ra, Ekstremizmga qarshi kurash markazi («E» markazi) Navalniy asos solgan Korrupsiyaga qarshi kurash fondi («FBK») go‘yoki provokatsiyalar tayyorlayotgani haqidagi ogohlantirishidan so‘ng sudya Yuliya Shilova prokuror talabini qanoatlantirgan va jarayonni yopiq deb e’lon qilgan.
Shilova markazning xatida obektiv ma’lumotlar bor deb hisobladi. O‘z navbatida, sudlanuvchilardan birining advokati ogohlantirishda faqat Ichki ishlar vazirligi xodimlari fikri borligini va bu ma’lumotlar hech qanday tasdig‘i yo‘qligini ta’kidladi. Sud yopiq deb e’lon qilingach, barcha eshituvchilar va jurnalistlar zaldan chiqarildi.
Advokatlar «ekstremistik hamjamiyatda ishtirok etish»da ayblanmoqda
Navalniyning sobiq advokatlari Vadim Kobzev, Aleksey Lipser va Igor Sergunin «ekstremistik hamjamiyatda ishtirok etish»da ayblanmoqda. Ularni sudda jami besh nafar himoyachi himoya qiladi.
Advokatlar 2023 yil 13 oktyabrdan beri tergov hibsxonasida. O‘sha yilning noyabr oyida Rosfinmonitoring Kobzev, Lipser va Serguninni ekstremistlar va terrorchilar ro‘yxatiga qo‘shdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Navalniyning advokatlari o‘z maqomlaridan foydalanib, siyosatchi koloniyadagi maktublarini uning sheriklariga yetkazishgan, shu bilan «ekstremistik hamjamiyat rahbarlari va ishtirokchilari o‘rtasida muntazam ravishda ma’lumotlar uzatilishini» ta’minlagan. Aleksey Navalniy tuzilmalari, shu jumladan «FBK» Rossiya hukumati tomonidan 2021 yilning iyun oyida ekstremistik deb e’lon qilingan edi.
May oyida Igor Sergunin aybiga iqror bo‘lgani va ish bo‘yicha guvohlik berayotgani ma’lum bo‘ldi. Iyun oyida har uchala ayblanuvchi ham Moskva tergov izolyatoridan Vladimirdagi 1-tergov izolyatoriga ko‘chirildi va ish materiallari Petushinskiy tuman sudiga yuborildi. Advokatlar vakillari ularning ishini ko‘rib chiqishni Moskvaga o‘tkazishni so‘rashdi, biroq Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi ularning iltimosini rad etdi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh elchixonasi ta’lim vizalariga murojaat qiluvchi o‘zbekistonliklardan ijtimoiy tarmoq akkauntlarini «ommaviy» holatga o‘tkazishni so‘radi
Jahon | 15:04
-
TMK – O‘zbekistonni kritik minerallar global bozorida trendga chiqarmoqda
O‘zbekiston | 15:00
-
Yevropa bilan gaplashishni xohlamayotgan Eron, Putinning ajabtovur bayonotlari va Iordaniyaga kelgan F-22 eskadroni – kun dayjesti
Jahon | 14:58
-
Yaqin Sharqda urush olovi va Putinning bayonotlari - “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 14:47
Mavzuga oid

17:38 / 05.06.2025
Toshkentda o‘zini IIV mansabdori sifati tanishtirib, pul undirmoqchi bo‘lgan advokat ushlandi

07:40 / 21.05.2025
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi

23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi

12:04 / 19.03.2025