Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
U pora evaziga sudyadan jinoyat ishi bo‘yicha berilgan taftish shikoyatini qanoatlantirib berishni so‘ragan.

Foto: iStock
Surxondaryo viloyatida jinoyat ishi bo‘yicha shikoyatni qanoatlantirib berish evaziga sudyaga pora taklif qilgan advokat qo‘lga olindi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyat sudi ish yurituvidagi Sh.H.ga (birinchi instansiya sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan aybli deb topilgan, hukm apellyatsiya instansiyasida o‘zgarishsiz qoldirilgan) doir jinoyat ishi bo‘yicha berilgan taftish shikoyatini qanoatlantirib berish evaziga sudyaga (jinoyat ishi bo‘yicha ma’ruzachi) 1000 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan advokat ushlangan.
«Advokat ish bo‘yicha fuqaroviy da’vogarning vakili bo‘lib, taftish shikoyati qonuniy ko‘rib chiqilishi tushuntirilishiga qaramay takror pora taklif qilgani ortidan, sudyaning bildirgisi asosida, vakolatli organ tomonidan tadbir o‘tkazilgan va u daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Boyovut tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchilarga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llamaslikni va’da qilib, bu uchun 10 ming dollar olganida ushlangan edi. Shuningdek, Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari tamagirlik yo‘li bilan pora olib kelganlikda gumonlanib qo‘lga olingandi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

19:02 / 01.08.2025
Rossiyalik ovchi Surxondaryoda noyob morxo‘rni ovlash uchun 100 ming dollar to‘lagani ma’lum bo‘ldi

14:51 / 30.07.2025
Rossiyalik ovchi Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan morxo‘rlarni ovladi

14:25 / 26.07.2025
Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar bilan ushlandi

12:45 / 25.07.2025