«Mana qizil chiroqda o‘tgan iplos sho‘pir, shuni qarg‘anglar» - Andijon viloyati IIB YHXB boshlig‘i
Andijon viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Abdunabi Nosirov maktablar oldida YTHlar va qoidabuzarliklarning oldini olish uchun tajriba o‘tkazganini bildirdi. YHXB rasmiysi 3-4 kun davomida svetoforning qizil chirog‘ida o‘tgan haydovchilarni maktabga olib borib, ertalabki «lineyka»da to‘planganlardan qarg‘ashni so‘ragan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Abdunabi Nosirovning yo‘llardagi qoidabuzarliklar haqida o‘tkazgan majlisi videolari tarqaldi.
«Hozirgi bor kuchimiz bilan ishlayapmiz, mana maktablarga boradi. Ko‘proq YTH sodir bo‘lsa jo‘natamiz, muhokama qilamiz. Mana shaharda Chor-guzardagi 10-maktab 3 marta internetda chiqdi. Men o‘zim bordim. O‘sha yerda sun’iy do‘nglik qilib berdik.
Keyin o‘sha joyda bitta tajriba qildik. Xodim qo‘ydim, o‘sha joyda qizil chiroqda o‘tgan shopirni olib, ertalab «lineyka»ga olib bordim. Hamma bollarni chaqirib, «mana kecha qizil chiroqda o‘tgan iplos shopir, mana shu qarg‘anglar, deb o‘qituvchilar bilan… Mana shu maktabda. Qizilda o‘tadimi, 2-3 tani (haydovchini) olib, ertalab lineykasiga olib boraman-da… Direktor, o‘qituvchi hammasi opa ekan, ayol kishilar. Men o‘zim ham borganman.
Yana yangi Andijondan chiqishda 54-maktab ham bor ekan, 1-maktab mana hozir rejalashtirilyapti… [direktori] erkak kishi, ochkilik… Shuning uchun mana shunaqa holatlar bo‘lsa, o‘zim erinmasdan boraman, o‘zim tashkil qilaman. O‘sha Chor-guzardagi maktabda shunaqa qilib 3-4 kun olib chiqdik [ haydovchilarni ], ancha kamaydi. Ko‘rgan bo‘lsangizlar qarama-qarshi yo‘nalishda keladi damaschilar. Endi pulni orqasidan quvib, uyoqdan o‘tadi, buyoqdan o‘tadi. Nechta bolachalarni urib ketdi», deya polkovnik Abdunabi Nosirovning so‘zlarini keltirmoqda Vodiy1.uz nashri.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi
Jahon | 02:44
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
Mavzuga oid

15:59 / 26.04.2025
“Namanganda avtomobillarni ijaraga beruvchi guruhlarning 90 foiz a’zosi o‘quvchilar” - viloyat YHXB boshlig‘i

14:29 / 22.04.2025
“Hokimning xizmat mashinasi 47 ta qoidabuzarlik sodir etgan” – YHXB Namangan shahar hokimiga javob qaytardi

18:38 / 21.04.2025
“Fuqarolarga zarar keltirmoqda” – Namangan shahar hokimi viloyat YHXBdan noqonuniy radarlarni olib tashlashni so‘radi

16:07 / 16.04.2025