Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Fuqarolarga zarar keltirmoqda” – Namangan shahar hokimi viloyat YHXBdan noqonuniy radarlarni olib tashlashni so‘radi
Shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev Namangan viloyati IIB YHXB boshlig‘i Mansur Gaziyevga rasmiy xat bilan murojaat qilib, belgilangan me’yorlarga zid ravishda o‘rnatilgan fotoradarlar tomonidan jarimalar qo‘llanishi shahar fuqarolariga moddiy va ma’naviy zarar keltirayotganini bildirgan. Hokimga ko‘ra, bu aholida norozilik kayfiyati ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Foto: Namangan shahar hokimligi
Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev Namangan viloyati IIB YHXB boshlig‘i Mansur Gaziyevdan hududdagi noqonuniy radarlarni olib tashlashni so‘radi. Hokim shu maqsadda 2025 yil 12 aprel kuni viloyat YHXB boshlig‘iga rasmiy xat bilan murojaat qilgan.
Xatda keltirilishicha, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan kameralarning “jarima yozishi” norozilik kayfiyati ortishiga sabab bo‘lmoqda.
“Jamoatchilik, yoshlar tomonidan aholi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va muhokama yig‘ilishlarida, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari tomonidan jarimalarning qo‘llanishidan norozilik kayfiyatlar ortib borishi, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatda olib borilayotgan boshqaruvga nisbatan salbiy fikrlar bildirilishiga sabab bo‘lmoqda.
Shuningdek, bino-inshootlarning tom qismlari, shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi yoritish tayanchlariga belgilangan me’yorlarga zid ravishda o‘rnatilgan fotoradarlar tomonidan jarimalarning qo‘llanishi oqibatida Namangan shahri fuqarolariga moddiy va ma’naviy zarar keltirmoqda”, deyiladi xatda.
Hokim xatida Namangan shahri, Davlatobod hamda Yangi Namangan tumanlarida Vazirlar Mahkamasi qaroriga zid ravishda o‘rnatilgan kameralarni KAAT tizimidan o‘chirish hamda ular tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklarga jarimalar qo‘llash ishlarini to‘xtatish so‘ralgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

14:24 / 14.07.2025
“Ular xalq xizmatiga qaytarilishi kerak” – SSV “qizamiq epidemiyasi” bo‘yicha qamalgan namanganlik vrachlar haqida

17:51 / 07.07.2025
Prezidentga Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot berildi

15:10 / 18.06.2025