Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Suvdan ham jiddiyroq muammo – yerning sho‘rlanishi bo‘lyapti” - qishloq xo‘jaligi vaziri
Toshkentda shu kunlarda dengizga chiqa olmaydigan davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligi masalasi muhokamadan o‘tmoqda. Asosiy e’tibor qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti, savdodagi to‘siqlar, mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash masalalariga qaratildi. Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov yerning sho‘rlanishi muammosiga to‘xtalib, bu suv tanqisligidan ham jiddiyroq ekanini aytdi.

Forumda 32 davlatdan vakillar qatnashdi. Iqlim o‘zgarishiga moslashish, uning hosildorlikka ta’sirini kamaytirish Markaziy Osiyodek yildan yilga ob-havosi isib borayotgan region uchun muhim. Shuningdek, dengizga chiqish cheklangan bir sharoitda logistika muammolarini hal qilish ham davlat darajasidagi masala. Vazir Ibrohim Abdurahmonov fikricha, hukumatning qarorlari oddiy insonlar-u, fermerlarga zarar keltirmasligi kerak.
Qishloq xo‘jaligidagi eng katta muammo bugun yerlarning sho‘rlanishi. Hosildorlikni oshirishga qaratilgan har qanday texnologiyalar oxir-oqibat tuproq sho‘rlanishiga olib kelmoqda. Bu suvdan ham jiddiyroq muammo, deydi vazir Abdurahmonov.
Shu yilning bahor oylarida piyoz mo‘l-ko‘l bo‘lib, dehqonlar uni sota olmay, mahsulot dalalarda qolib ketdi. Yozda esa tarvuzning narxi rekord darajada pastlab, tonna-tonna tarvuzlar isrof bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi vaziriga ko‘ra, bunga ekin ekishdagi erkinlik sabab bo‘lgan. Dehqonlarga erkinlik berdik, nima ekishni davlat belgilamadi. Tabiiyki, hamma xohlaganini ekdi va shu holat yuz berdi, deydi vazir.
Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov esa avvalo isrofgarchilikning oldi olinishi kerakligini aytdi. Bir dona olmaning isrof bo‘lishi 70 litr suvning isrof bo‘lishi degani. Odamlarning o‘zi suvning qadrini bilishi kerak, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, dunyoda yildan yilga oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oshib bormoqda. Masalan, Yevropa davlatlaridagi qurg‘oqchilik hamda Ukraina urushi ortidan don yetishtirish muammoga aylangan. Qurg‘oqchilik esa hosilning boy berilishiga sabab bo‘lyapti. Guruch yetkazib beruvchi asosiy davlatlarda sholizorlarni o‘g‘itlar bilan oziqlantirishning imkoni bo‘lmagani ham hosildorlikni kamaytirmoqda. Shunday sharoitda har bir davlat oziq-ovqat zaxirasi, uning xavfsizligi haqida bosh qotirishi lozim.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi
Sport | 17:41
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 16:42
Mavzuga oid

07:55 / 10.07.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun imtiyozli mablag‘ ajratiladi

10:27 / 09.07.2025
Ekinlar urug‘liklarining sifatini baholash tizimi isloh qilinadi

12:36 / 08.07.2025
Jizzaxda qishloq xo‘jaligi yerlarining atigi 40 foizida ekin ekilayotgani ma’lum bo‘ldi

12:34 / 08.07.2025