Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, qurilish ishlari bilan tanishdi
Majmuada Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi. Yangilanayotgan maskanda qurilish-muhandislik ishlari bitkazilgan, davlat rahbari pardozlash jarayonlari bilan tanishdi. Shundan keyin Islom Karimov maqbarasi ziyorat qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 avgust kuni Samarqandga tashrif buyurdi.
Tashrif avvalida Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.
“Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami arafasida turibmiz. Ilohim, mustaqilligimiz bardavom bo‘lsin, yurtimizga ko‘z tegmasin. Xalqimizni rozi qilish bo‘yicha ishlarimizga Allohning o‘zi madadkor bo‘lsin. Bu majmuani qurishdan maqsadimiz ham Imom Buxoriy bobomizning qadrini yanada ko‘tarish, jahonga baralla aytishga asos yaratish. Bunday xayrli ishlarimiz ko‘p bo‘lsin”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Imom Buxoriy majmuasi yangidan barpo etilmoqda. Maqbara maydoni 600 kvadrat metr, balandligi 28 metr qilib kengaytirilgan. 10 ming kishiga mo‘ljallangan masjid bunyod etilgan. Majmuaning 4 burchagida 75 metrlik minoralar qad rostlagan.
Bugungi kunda qurilish va muhandislik ishlari bitkazilib, pardozlash bosqichi boshlangan. Bunda milliy an’analar va issiq ranglarga alohida e’tibor berilgan.
Davlat rahbari ushbu qurilish va pardozlash ishlari bilan tanishdi. Endi majmuada zamonaviy, xavfsiz boshqaruvni joriy etish zarurligini ta’kidladi.
“Bu majmua buyuk ma’naviy ustun bo‘lishi kerak”, – dedi prezident.
Mutasaddilarga barcha tuman va shaharlardagi tabarruk ziyoratgohlarni tiklash, ularning tarixi va mazmunini to‘g‘ri talqin qilib yetkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Majmuada, shuningdek, muzey, naqshinkor ayvonlar, ma’muriyat va xizmat ko‘rsatish binolari qurilmoqda. Shavkat Mirziyoyev bo‘lajak muzeyni ham ko‘zdan kechirdi.
Prezident Hazrati Hizr majmuasida ham bo‘lib, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov maqbarasiga gul qo‘ydi.
Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo o‘qildi.
Davlat rahbari bugun “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

11:37 / 04.07.2025
Samarqand no‘xatsho‘ragi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

12:10 / 03.07.2025
Samarqandda eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘ni o‘zlashtirgan mansabdorlar aniqlandi

15:11 / 25.06.2025
“Karimov bankirlarni qo‘rqitish uchun kuch tuzilmalarini chaqirgan edi” - Rustam Ahmedov konvertatsiya yopilganidan keyingi korrupsiya haqida

16:39 / 23.06.2025