Turkiya dengiz floti yangi turdagi oltita mahalliy suvosti kemasiga ega bo‘ladi
Turkiya harbiy-dengiz kuchlari 2029 yilga borib yangi turdagi oltita mahalliy suvosti kemasiga ega bo‘ladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an TCG Piri Reis kemasini qurollanishga qabul qilib olish marosimida ma’lum qildi.

Foto: Getty Images
«Biz qo‘mondonlik bilan armiyamiz uchun muhim ahamiyatga ega, havodan mustaqil dvigatel bilan jihozlangan yangi TCG Piri Reis suvosti kemamizni qurollanishga qabul qilmoqdamiz. Joriy yilda shu turdagi ikkinchi — TCG Hizir Reis suvosti kemasining sinovlari bo‘lib o‘tadi, 2025 yilda u harbiy-dengiz kuchlariga topshiriladi. TCG Murat Reis 2026 yilda qurollanishga kelib qo‘shiladi. 2029 yilga borib bu turdagi suvosti kemalaridan oltitasi qurollanishda bo‘ladi», — deydi Erdo‘g‘an.
U Turkiya uchta tomoni ham dengiz bilan o‘ralgan davlat bo‘lib, mamlakatga kuchli va samarali Harbiy-dengiz floti kerakligini ta’kidladi.
Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yangi suvosti kemalari turk flotining strategik qurollanishi hisoblanib, mahalliy turdagi qurollar va boshqa tizimlar bilan jihozlangan. Shu bilan birga, Erdo‘g‘anning aytishicha, mamlakat o‘z suvosti kemasiga ega bo‘lish uchun 138 yil kutishga to‘g‘ri kelgan.
TCG Piri Reis Germaniyaning Tip 214 seriyasidagi suvosti kemasi bazasida yaratilgan. Turkiya 2009 yilda ThyssenKrupp AG kompaniyasi bilan bu kabi oltita kemani qurish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Tip 214 — bu dizel-elektrli suvosti kemasi. Dvigateli vodorod yonilg‘i elementlariga asoslangan havodan mustaqil ishlovchi tizim bilan birlashtirilgan, bu esa o‘z navbatida kemaga uzoq vaqt suv yuzasiga chiqmasdan xizmat qilish imkoniyatini beradi.
Suvosti kemasining sig‘imi 1850 tonna, uzunligi 68,35 metr va eni 6,3 metrni tashkil etadi. Ekipaj — 40 kishi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

21:28
Turkiyada oqsim kasalligi tarqaldi

08:29 / 02.07.2025
Turkiyada kanani yoqishga uringan erkak o‘rmonga o‘t qo‘yib yubordi

18:58 / 01.07.2025
Turkiya deportatsiya markazlarida bo‘lib turgan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

12:20 / 30.06.2025