Sud «Ozodlik»ka 100 mln so‘m to‘lash va «gaz chayqovchisi» haqidagi surishtiruv bo‘yicha raddiya e’lon qilishni yukladi
«Ozodlik» radiosining o‘zbek tahririyati Ultimo Group Limited kompaniyasi «Qizilqumsement» bilan 315 mlrd so‘mlik shartnoma imzolagani va «gaz chayqovchiligi» bilan shug‘ullangani haqida surishtiruv e’lon qilgandi. Kompaniya direktori Tuhfatxo‘ja Anvarxo‘jayev ushbu material ustidan sudga da’vo arizasi kiritdi. Sud da’voni qanoatlantirib, «Ozodlik» radiosiga raddiya e’lon qilib, ma’naviy zarar uchun 100 mln so‘m kompensatsiya to‘lashni yukladi.

Foto: Kun.uz
Gaz resurslari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi Ultimo Group Limited MChJning 50 foizlik ulushiga egalik qiluvchi tadbirkor va mazkur kompaniya direktori Tuhfatxo‘ja Anvarxo‘jayev 2024 yil aprel oyida e’lon qilingan materiallar sabab «Ozodlik» radiosining o‘zbek tahririyati hamda uning jurnalisti Lazizxon Olimov (Aziz Nur) ustidan sudga da’vo arizasi kiritgan. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.
Ish fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudida sudya A. Rajabov raisligida ko‘rib chiqilgan. 12 iyul kuni bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida da’vogar Tuhfatxo‘ja Anvarxo‘jayevning advokati Davronbek Axmatov, uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan «O‘ztransgaz» AJning ikki nafar xodimi ishtirok etgan.
19 iyul kuni o‘tkazilgan navbatdagi sud majlisida «O‘ztransgaz» kompaniyasi vakillari so‘zga chiqib, Ultimo Group Limited Turkmaniston gazini «Qizilqumsement» kompaniyasiga sotganini tasdiqlagan. Yetkazib berish uchun «O‘ztransgaz»ning magistral gaz quvurlari infratuzilmasidan foydalanilgan bo‘lib, u bilan «faqatgina tashish shartnomasi» imzolangani qayd etilgan.
Gaz-transport kompaniyasi vakilining aytishicha, «O‘ztransgaz» tabiiy monopoliya sub’yekti hisoblanadi, shuning uchun «gazni tashish bo‘yicha shartnoma tuzishni rad etish mumkin emas, lekin texnologik imkoniyatlarni hisobga olish kerak».
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashish tariflari bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov raisligida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Hukumatlararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Shuningdek, u 2021 yilning kuz-qish mavsumida ko‘plab sanoat korxonalarining ishga tushirilishi va «so‘nggi yillarda qurilish hajmining 30−40 foizga oshishi» fonida gaz tanqisligi yuzaga kelganini ma’lum qilgan. «O‘ztransgaz» vakilining aytishicha, qishda sement zavodlari gaz yetishmasligi sababli to‘xtab qolgan, biroq «Qizilqumsement»ning Tashkent City loyihasi tashabbuskorlari oldidagi majburiyatlari bor edi, uni amalga oshirish uchun xomashyo kerak bo‘lgan. Ta’minot uzilgan taqdirda jarima nazarda tutilgan.
Uning eslatishicha, «Qizilqumsement» Ultimo Group Limited kompaniyasidan gazni 1000 so‘mdan sotib olgan — xuddi shunday tarif uchinchi toifadagi iste’molchilar uchun ham amal qilgan.
Mutaxassis, shuningdek, «O‘ztransgaz» Ultimo Group Limitedʼga gaz importi uchun to‘lamaganini ta’kidladi.
29 iyul kuni bo‘lib o‘tgan yakuniy yig‘ilishda tilshunos mutaxassislar, filologiya, adabiyot va o‘zbek tili fanlari magistranti va doktorantlari ishtirok etib, tergovda bildirilgan fikrlarga baho bergan.
Ular «arvoh», «o‘rtakash», «yashirin faoliyat» va boshqa so‘zlarni hamda kontekstni baholadi. Da’vogar tomon, shuningdek, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazidan xulosa olib, kompaniyaning ishchanlik obro‘siga, ta’sischining sha’ni va qadr-qimmatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yuqoridagi va boshqa epizodlarni ham ko‘rsatib o‘tgan.
Majlis yakunida A. Rajabov raisligidagi sud Ultimo Group Limited va Tuhfatxo‘ja Anvarxo‘jayevning da’vosini qanoatlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan va «Ozodlik» radiosiga raddiya e’lon qilib, ma’naviy zarar uchun 100 mln so‘m kompensatsiya to‘lashni yuklagan.
Ma’lumot uchun, Ultimo Group Limited kompaniyasi 2021 yilning 10 martida tashkil etilgan bo‘lib, oradan bir oy o‘tib, «Qizilqumsement» bilan 315 mlrd so‘mlik (o‘sha paytdagi kurs bo‘yicha 30 mln dollarga yaqin) shartnoma imzolagan.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

10:34 / 30.05.2025
Sud Harvardga chet ellik talabalarni yana qabul qilishga ruxsat berdi

11:04 / 17.05.2025
Sud Trampning migrantlarni chiqarib yuborish rejasini rad etdi

18:30 / 04.02.2025
38 yoshli erkak 13 yoshli qizga ko‘z olaytirdi: Asakadagi bahsli nomus ishi tafsilotlari

11:41 / 07.12.2024