Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar odamlarning ikki bosqichda qarishini aniqladi
Ma’lum bo‘lishicha, salomatlikdagi keskin o‘zgarishlar ikki bosqichda sodir bo‘ladi: birinchisi 44 yoshda, ikkinchisi esa 60 yoshda.

Foto: Getty images
Stenford universiteti (AQSh) olimlari odamlar hayoti davomida bir tekisda emas, balki ikki bosqichda qarishini aniqladi. Bu vaqtda sog‘liq bilan bog‘liq muammolar, shu jumladan yurak-qon tomir tizimi va tayanch-harakat tizimi kasalliklari to‘satdan paydo bo‘ladi.
Tadqiqotda 25 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 108 kishi ishtirok etdi. Bir necha yil davomida ular qon va najas namunalarini, shuningdek, teri, burun va og‘izdan tahlillarni topshirishdi. Olimlar ishtirokchilarning tanasida mavjud bo‘lgan 135 mingga yaqin turli molekulalar va mikroorganizmlarni tahlil qilishdi. Natijada, ular 246 milliarddan ortiq ma’lumot nuqtasini oldilar, ulardagi o‘zgarishlarni izlab, qayta ishladilar.
Insonning hayot davomida rivojlanishi bosqichma-bosqich o‘zgarishlar ketma-ketligi sifatida ifodalanishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, salomatlikdagi keskin o‘zgarishlar ikki bosqichda sodir bo‘ladi: birinchisi 44 yoshda, ikkinchisi esa 60 yoshda.
«Biz shunchaki vaqt o‘tishi bilan asta-sekin o‘zgarmaymiz; haqiqatan ham ushbu yoshda keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi», dedi tadqiqot muallifi Maykl Snayder.
Tadqiqotchilar, ayniqsa, birinchi bosqichdan hayratda qolishdi. «Ehtimol, erkaklarda ham, ayollarda ham bu o‘zgarishlarga ta’sir qiluvchi boshqa, muhimroq omillar ham bor», dedi tadqiqot mualliflaridan biri Syaotao Shen.
Qarishning birinchi bosqichida yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan molekulalarda, shuningdek, organizmning alkogol, kofein va lipidlarni metabolizatsiya qilish qobiliyatida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Ikkinchi bosqichda uglevod almashinuvi, buyraklar faoliyati va immunitetni tartibga solish uchun mas’ul bo‘lgan molekulalar ta’sirlandi. Teri va mushaklar esa har ikkala bosqichda qarishi aniqlandi.
Olimlarning ta’kidlashicha, tanlovlar hajmi va biologik namunalar soni juda kichik, shuning uchun ko‘proq tadqiqotlar talab etiladi. Biroq, bu inson tanasining vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgarishini tushunish uchun muhim qadamdir.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi
Jahon | 19:30
-
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi
Jahon | 18:58
-
SpaceX Isroilga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Jahon | 18:49
-
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 18:31
Mavzuga oid

17:08 / 10.07.2025
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?

15:12 / 08.07.2025
Xorijdan qaytgan fuqarolar OIV infeksiyasiga majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi

19:02 / 01.07.2025
Dunyoda har soatda 100 nafarga yaqin odam yolg‘izlikdan vafot etadi - JSST

18:41 / 25.06.2025