Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukr... Xarobadagi Jannat
Jannat bu — navbatdagi filmimiz qahramonining ismi. Lo‘li elatiga mansub bu ayol Farg‘ona shahri Beshbola mahallasida yashaydi. Ayol va uning oilasi yashayotgan sharoit har qanday odamni shukr qilishga undasa, ajab emas.

Jannat opa kunlik hayoti, odamlarning lo‘lilar haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlari haqida so‘zlab berdi:
“Ertalab soat 4:00 da uyg‘onaman. Qizim bilan birga “baklashka” idish, qog‘ozlarni chiqindixona, ko‘chalardan yig‘ib kelamiz. Xo‘jayinim kasal, ishlay olmaydi.
Ikki farzandim bor, to‘ng‘ich qizimni turmushga uzatdim. Uyimizga yaqin zavod, korxona, do‘konlar qarshisidan “baklajka”lar terib kelamiz. Ish jarayonida har xil holatga, turfa odamlarga uchraymiz. Ba’zilar bizni o‘g‘ri deb o‘ylaydi.
Tong sahardan qosh qoraygunicha mehnat qilamiz, doimo harakatda bo‘lishga intilamiz. Kun bo‘yi yig‘ganimizni kerakli joyga topshiramiz. Kuniga 80 ming atrofida pul topamiz. Uning yarmi ro‘zg‘orga, yarmi xo‘jayinimning dori-darmoniga ketadi.
Uyimiz ham yo‘q edi, 10 yil ijarama-ijara yurdik. Turmush o‘rtog‘im yonimda turib qizlarim yordam berib, mana shu uyni qurdik.
Har kuni xo‘jayinimning dardiga shifo so‘rab duo qilaman. Tongda ulardan duo olib, ishga chiqib ketaman”, deydi u.
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Montaj ustasi: Sardor Mamirov
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

14:14 / 18.07.2025
“Bir o‘zi tarbiyalayotganlar”: Yolg‘iz onalar farzandlari uchun ikki barobar kuchli bo‘lishni qanday uddalashmoqda?

19:54 / 14.07.2025
5 daqiqalik budjet odatlari: oila bilan pulni boshqarishni o‘rganamiz

15:48 / 13.07.2025
Farg‘onada tanishini urib ketgan haydovchi qasddan odam o‘ldirishda ayblanmoqda

09:16 / 13.07.2025