Shimoliy Makedoniyada Kosovo prezidenti bilan mojaroli vaziyat sodir bo‘ldi
Aeroportga kirishda xavfsizlik xizmati xodimlari prezidentning telefonini tortib olishga urindi.

Foto: InfoResist
Kosovo Shimoliy Makedoniya poytaxti Skopedagi aeroport xavfsizlik xizmatini prezident Vosa Osmani xavfsizlik nuqtai nazaridan mobil telefonini berishdan bosh torgan vaqtida yuzaga kelgan mojaroda xalqaro qoidalarni buzishda aybladi.
Ma’lum qilinishicha, holat 1 avgust kuni, Osmani Sloveniyaga yo‘l olayotganida sodir bo‘lgan. Osmanining siyosiy maslahatchisi Bekim Kupinaning ma’lum qilishicha, Makedoniya aeroporti xodimlarining xatti-harakati barcha xalqaro me’yorlarga zid, davlat rahbarlari safar chog‘ida diplomatik imtiyoz va immunitetlar bilan himoyalangan.
«Ushbu qoidani buzgan holda Makedoniya tomoni prezidentning shaxsiy sumkasini olib qo‘ydi. Prezident aeroportga kirishi va mavjud tartibga ko‘ra elchixonamizning og‘zaki notasi bilan band qilingan VIP-zalga o‘tishi uchun davlat rahbarining jamoasi bunga qo‘yib berdi. Ammo xavfsizlik nuqtai nazaridan prezident o‘zining telefonini olishlariga ruxsat bermadi, chunki bu jiddiy qoidabuzarlik hisoblanadi», — deydi Kupina.
Uning aytishicha, aeroport xavfsizlik xizmati xodimi «prezidentni turtib yuborishga uringan va Kosovo politsiyasi Osmaniga yo‘l ochish uchun vaziyatga aralashgan».
Shimoliy Makedoniya parlamenti spikeri Afrim Gashi shaxsan aeroportga yetib kelib, Osmani hamda unga hamrohlik qilayotganlarga safarni davom ettirishga yordam berganidan keyingina mojaro hal etilgan.
Makedoniya hukumati qasddan qoidabuzarlik borasidagi ayblovni rad etdi, biroq mojaroli vaziyat tergov qilinishini bildirdi. Aeroport xavfsizlik xizmati esa 1 avgust kuni xodimlar aeroportda standart tekshiruvni amalga oshirganini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
VOLLKRAFT: UzAuto Trailer O‘zbekistonning yangi eksportbop brendini taqdim etdi
O‘zbekiston | 09:00
-
Toshkent viloyatida elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi
Jamiyat | 08:59
-
San-Fransiskoda deportatsiyaga qarshi 60 nafar namoyishchi qo‘lga olindi
Jahon | 08:40
Mavzuga oid

17:54 / 17.03.2025
Shimoliy Makedoniyada tungi klubda yuz bergan yong‘in ishi bo‘yicha 20 ga yaqin odam hibsga olindi

15:37 / 16.03.2025
Shimoliy Makedoniyadagi tungi klubda yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

10:44 / 17.11.2024