Sloveniyada rossiyalik ikki josusga hukm o‘qildi
Ular G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi «katta mahbuslar almashinuvi»ning bir qismi bo‘ladi. Rossiya Tashqi razvedka xizmatiga ishlagan er-xotin Dulsevalar Sloveniyada Argentina pasporti bilan yashab kelgan.

Foto: N1
Lyublana okrug sudi Sloveniyada Lyudvig Gish va Mariya Meyyerga tegishli Argentina pasportlari bilan yashab kelgan rossiyalik er-xotin Artyom va Anna Dulsevlarga hukm chiqardi.
Dulsevalar josuslik ishi bo‘yich 1 yil 7 oy muddatga koloniyaga hukm qilindi. Ular 2022 yil dekabrda qo‘lga olinganidan beri aynan shuncha muddat hibsda saqlanib kelinayotgan edi. Rossiyaliklar o‘z aybiga iqror bo‘lgan. Sud yopiq rejimda o‘tkazilgan.
The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, «afsona» bo‘yicha Dulseva Meyyer ismi ostida badiiy galereyani boshqargan, uning eri esa IT-startapni rivojlantirgan. Ammo aslida esa ular Rossiya Tashqi razvedka xizmatiga ishlagan.
«Muvaffaqiyatsizlikka uchragan noqonuniy rus migrantlari» deb aytilayotgan Dulsevalar endi mamlakatdan chiqarib yuboriladi, ularga besh yil muddatga Sloveniyaga kirish taqiqlandi.
Sloveniyaning N1 telekanaliga ko‘ra, Dulsevalar yaqin soatlar ichida Rossiya, AQSh, Germaniya, Belarus va boshqa qator davlatlar o‘rtasida amalga oshiriladigan «kattaroq mahbuslar almashinuvining bir qismi bo‘ladi».
Shu bilan birga, kanalning ta’kidlashicha, Sloveniya rasman Rossiya bilan mahbuslarni almasha olmaydi, chunki Rossiyada Sloveniya fuqaroligiga ega mahbuslar yo‘q. Ammo Moskva G‘arb davlatlariga Rossiyada hukm qilingan fuqarolarni qaytarsa, Lyublana Dulsevalarni topshirishi mumkin.
Dulsevalar Rossiya koloniyalarida saqlanayotgan bir yoki bir necha mahbusga almashinishi mumkinligi haqida 2023 yilning martida xabar berilgan edi. Jurnalist Andrey Zaxarov Dulsevalar The Wall Street Journal jurnalisti Evan Gershkovichga almashishi mumkinligini aytgandi. 19 iyul kuni u josuslik ishida ayblanib, 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
So‘nggi kunlarda Rossiya koloniyalari va tergov izolyatorlaidan o‘nga yaqin siyosiy mahsublar olib ketilgan. Ular orasida Oleg Orlov, Sasha Skochilenko, Liliya Chanisheva ham bor. Shuningdek, siyosatchi Vladimir Kara-Murza hozir qayerda ekani noma’lum. O‘z navbatida AQSh Federal penitensiar tizimi ma’lumotlar bazasidan rossiyalik to‘rt nafar mahsubga oid ma’lumotlar yo‘qolib qolgan.
Huquq himoyachilarining taxminicha, mahbuslarning «yo‘qolishi» tez orada ularni almashish boshlanishidan dalolat beradi. Kreml mazkur vaziyatga hech qanday izoh bermagan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NBC: AQShdagi tekshiruvda qurol-yarog‘ taqchilligi aniqlanmadi
Jahon | 12:45
-
"Jasorat maktablari"ga qanday o‘qishga kirish mumkin?
O‘zbekiston | 12:03
-
YeIdan ikki tashkilot Rossiyadagi «nomaqbul» tashkilotlar reyestriga qo‘shildi
Jahon | 11:48
-
Sotilmagan munitsipal obektlar ijaraga beriladi
O‘zbekiston | 11:37
Mavzuga oid

10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin

08:00 / 23.05.2025
O‘zbekiston prezidenti Sloveniyaga tashrifini yakunladi

23:48 / 22.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi

20:38 / 22.05.2025