«Zangiota-2» o‘rnida Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi
“Toshkent” MFY Yangi aylanma yo‘li manzilida joylashgan “Zangiota-2” shifoxonasi o‘rnida 500 o‘ringa mo‘ljallangan Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasini tashkil etish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasi “Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus Zangiota 2-son shifoxonasining bo‘sh turgan bino va inshootlaridan samarali foydalanish hamda 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent shahar hokimligining “Toshkent” MFY Yangi aylanma yo‘li manzilida joylashgan “Zangiota-2” shifoxonasi o‘rnida davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat muassasasi shaklidagi 500 o‘rniga mo‘ljallangan Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi.
“Zangiota-2” shifoxonasining bino va inshootlari tegishli hududi bilan bolalar shifoxonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.
Shifoxonaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda zarur tibbiy tekshiruvlarni o‘tkazish, ularga yuqori malakali tibbiy-konsultativ hamda ixtisoslashtirilgan statsionar yordamini ko‘rsatish;
- tuman tibbiyot birlashmalariga amaliy-metodik yordam berish;
- Toshkent shahar tibbiyot muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va boshqaruv usullarini joriy etishda ko‘maklashish;
- tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etish.
2024 yil 1 sentabrga qadar Bolalar shifoxonasining bino va inshootlarida zarur qurilish hamda ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishga moslashtiriladi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35
-
Tramp noqonuniy migrantlarga ikki sohada ishlashga ruxsat berishni taklif qildi
Jahon | 22:28
-
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Jahon | 22:00
Mavzuga oid

15:16 / 14.05.2025
Davlat shifoxonalaridagi pulli xizmatlar qimmatlashadi

10:29 / 26.04.2025
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

21:05 / 02.04.2025
Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi

14:14 / 22.02.2025