Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi
Qiz intensiv psixiatriya bo‘limida 12 soatdan ortiq qolib ketgan. Mazkur voqea mamlakat aholisi va amaldorlarning g‘azabiga sabab bo‘ldi.

Foto: NZ Police
Yangi Zelandiyada politsiyachilar 11 yoshli qizni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirdi. U yerda qizga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari qilingan. Ammo keyinroq qiz shifoxonaga politsiya xodimlarining xatosi sabab tushib qolgani aniqlangan: huquq-tartibot organi xodimlari uni kasalxonadan qochib ketgan 20 yoshli bemor deb o‘ylagan. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur holat siyosiy yetakchilarni «dahshatga» solgan va mamlakat aholisining g‘azabiga sabab bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, «nutqida kamchiliklar mavjud» qiz G‘arbiy Hamiltonning shimoliy qismidagi ko‘prikdan o‘tib ketayotganida politsiya mashinasiga duch kelgan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari qizni shifoxonaga olib borgan va u yerda qiz «intensiv psixiatrik terapiya bo‘limiga» joylashtirilgan. Shifoxonadagi hamshira darhol shubhaga borgan va bemor «yosh bolaga o‘xshashini» bildirgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, imkoniyati cheklangan qiz shifoxona xodimlariga o‘zi haqida gapirib bera olmagan. Shundan keyin u dori ichishdan bosh tortgan va unga majburan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar yuborilgan.
Politsiya o‘z xatosini oradan 12 soat o‘tgach tushunib yetgan. Bu vaqt davomida qiz shifoxonada yotgan. Keyinroq uni oila a’zolari olib ketgan.
Yangi Zelandiya hukumati holat bo‘yicha tergov o‘tkazishni va’da qildi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

15:16 / 14.05.2025
Davlat shifoxonalaridagi pulli xizmatlar qimmatlashadi

17:12 / 10.02.2025
Toshkentda bolalarga litsenziyasiz xizmat ko‘rsatgan shifoxona aniqlandi

11:14 / 31.01.2025
Yangi Zelandiyadagi Taranaki tog‘i yuridik shaxs deb tan olindi

22:08 / 19.12.2024