O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qadamjo-Shohimardon yo‘nalishidan birgalikda foydalanishni rejalashtiryapti
O‘zbekiston va Qirg‘iziston turizmni rivojlantirish doirasida «Dugoba» alpinistlar lagerini tiklash, shuningdek, Qadamjo - Shohimardon yo‘nalishidan birgalikda foydalanishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati turizmni rivojlantirish doirasida «Dugoba» alpinistlar lagerini tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov ma’lum qildi, deb yozadi Gazeta.uz.
Qayd etilishicha, viloyat delegatsiyasi Qirg‘izistonga borib, ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha yangi reja va loyihalarni belgilab olgan.
«Ikkinchisi, hamkorlikda turizmni kuchaytirish va rivojlantirish. Buning uchun bizda eng katta resurslarimizdan biri - Shohimardon bor. Bu Qadamjo-Shohimardon yo‘nalishidan hamkorlikda foydalanish. Qolaversa, ilgari juda ham mashhur bo‘lgan «Dugoba» alpinistik lagerini birgalikda tiklamoqchimiz», - dedi viloyat hokimligi rahbari.
«Dugoba» tog‘ lageri Qirg‘izistondagi O‘zbekiston anklavi bo‘lgan Shohimardon, shuningdek, Botken viloyatining Qadamjo shahri yaqinida joylashgan. Obekt archa o‘rmonlari hamda qoyali va qorli cho‘qqilar bilan o‘ralgan bo‘lib, ular orasida Ohunboyev (5200 m), Materei (5010 m), Frunze (4550 m) va boshqa cho‘qqilar ajralib turadi.
1982 yilda Uchqo‘rg‘on o‘rmon xo‘jaligi hududida tashkil etilgan tog‘ lageri O‘zbekiston SSRga uzoq muddatli foydalanish uchun berilgan. 1997 yilda «Dugoba» tog‘ lageri Qirg‘izistonga qaytarilgan.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga hukm o‘qildi
Jamiyat | 09:24
-
“Aybsiz bo‘lsa, nega yashirinib yuribdi?” – Farg‘ona viloyati IIB restoranga uyushtirilgan “maska-shou”ga izoh berdi
Jamiyat | 09:14
-
Fransiya va Ispaniya rossiyaliklar uchun viza qoidalarini qat’iylashtirdi
Jahon | 08:48
Mavzuga oid

16:36 / 17.06.2025
Shohimardon va So‘xga borishdagi postlar 24 soatlik ish tartibiga o‘tmoqda

17:19 / 11.06.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashadi

17:12 / 09.06.2025
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi kurashda birlashadi

21:12 / 07.06.2025