Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlari eksporti hajmini uch baravarga oshirishni rejalashtirmoqda
Belgiyaning The European Geopolitical Forum saytida "O‘zbekiston Yevropa, Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga elektrotexnika mahsulotlari eksportini oshirishni rejalashtirmoqda" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Foto: yuz.uz
Unda qayd etilishicha, O‘zbekistonning elektrotexnika sohasida mingga yaqin ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, sanoatning deyarli barcha korxonalari xususiydir. Sanoatda band bo‘lganlarning umumiy soni esa 35 mingdan ortiq kishini tashkil etadi.
"2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida 2026 yilga kelib sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravar, shu jumladan, elektrotexnika sanoatida yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2 baravar va eksport hajmini 3 baravar oshirish ko‘zda tutilgan", – deyiladi portalda.
Shu bilan birga, maqolada yozilishicha, 2027 yil 1 yanvargacha elektrotexnika sanoati korxonalari foyda va mulk solig‘ini 50 foizga kamaytirdilar. Bundan tashqari, o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun import qilinadigan xomashyo, butlovchi qismlar va uskunalarga bojxona to‘lovlaridan ozod qilish bo‘yicha imtiyozlar uzaytirildi.
Shuningdek, maqolada O‘zbekistonda qiymati 260 million dollardan ortiq bo‘lgan 800 dan ortiq yangi investitsiya loyihalari, jumladan, 50 million dollarlik 120 kabel ishlab chiqarish, 115 million dollarlik 380 maishiy texnika, 40 million dollarlik 60 energiya uskunalari va 58 million dollarlik 250 boshqa elektrotexnika loyihalari ishga tushirilgani xabar qilingan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeIning yangi sanksiyalari Rossiya nefti narxini 15 foizga tushirishi mumkin
Jahon | 10:03
-
YeI kengashi Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini qabul qila olmadi
Jahon | 09:51
-
Bakalavriat uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 09:37
-
Yevroittifoq yetakchilari Pashinyanni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
Jahon | 08:49
Mavzuga oid

13:57 / 11.07.2025
O‘zbekiston ilk bor sofligi 99,9 foiz bo‘lgan reniy metallini eksport qildi

11:33 / 10.07.2025
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi

12:45 / 08.07.2025
UzAuto Motors'ning sof foydasi keskin kamaydi. Nega?

15:47 / 07.07.2025