Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul KXDRni yana chiqindi sharlarini uchirishda aybladi
Janubiy Koreya armiyasining ma’lum qilishicha, sharlar Kyongido provinsiyasi tomon uchgan. Seul Pxenyanga javoban chegaradagi ovoz kuchaytirgichlar orqali xalqaro yangiliklar va K-pop musiqalarini eshittirishni davom ettiryapti.

Foto: Reuters
Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan chegaradan yana chiqindi sharlarini uchirdi. Bu haqda 21 iyul, yakshanba kuni Janubiy Koreya bosh shtablari boshliqlari qo‘mitasi ma’lum qildi. Janubiy Koreya harbiylari qo‘shimcha qilishlaricha, sharlar Kyongido provinsiyasi tomon harakatlangan. Ular aholini qulagan narsalarga tegmaslikka, huquq-tartibot idoralari yoki harbiylarga xabar berishga chaqirishgan.
Ikki kun avval Seul Shimoliy Koreya chegarasi bo‘ylab karnaylar orqali xalqaro yangiliklar, demokratiya va kapitalizm haqidagi ma’lumotlar hamda K-pop musiqalarini eshittirishni qayta boshladi. Janubiy Koreya tomoni bu qadamni Pxenyanning havo sharlari yordamida amalga oshirayotgan «yovuz, sharmandali va qo‘pol» harakatlariga munosabat sifatida izohladi.
Pxenyan: chiqindi solingan sharlar - Kimni tanqid qiluvchi varaqalarga javob
May oyidan beri Shimoliy Koreya janubiy chegara orqali ikki mingga yaqin havo sharlarini uchirdi, ularga chiqindi va go‘ng solingan qoplar ilib qo‘yilgan. Shimoliy Koreya rasmiylari avvalroq ularning janubiy qo‘shnisiga «samimiy sovg‘a»lari «chegara hududiga tashviqot materiallari va chiqindilarning tez-tez sochib yuborilishiga javob» ekanini ta’kidlagan edi. Shu tariqa Shimoliy Koreya janubiy koreyalik faollarning Shimoliy Koreya rahbariyatini tanqid qiluvchi varaqalar, yarimorol janubidagi demokratik jamiyat haqida ma’lumot beruvchi va shimolda taqiqlangan Janubiy Koreya pop-guruhlarining musiqiy videolari bo‘lgan USB’lar bo‘lgan sharlarni uchirayotganiga javob qaytardi.
Janubiy Koreyaning avvalgi hukumatlari faollarning bunday kampaniyalarni o‘tkazishini to‘xtatishga urinib, ular tinchlikni targ‘ib qilmasligini va chegara yaqinidagi aholi xavfsizligiga tahdid solayotganini aytishgan. 2021 yilda havo sharlarini uchirish bo‘yicha taqiq keyinchalik Oliy sud tomonidan konstitutsiyaga zid deb topilgan, chunki bu so‘z erkinligini buzgan.
2018 yil 19 sentabrda Koreyalararo kelishuv imzolangan. U harbiy sohada davlatlar o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirish choralarini nazarda tutadi. 2023 yilning noyabrida Seul Pxenyan razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirgani sababli ushbu kelishuvning ba’zi bandlari to‘xtatilganini e’lon qildi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Veolia Energy Tashkent issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlarini to‘xtatdi
O‘zbekiston | 19:07
-
Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Jamiyat | 19:01
-
Yaponiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ta’lim: Toshkent Kimyo universiteti yangi bosqichda
Jamiyat | 19:00
-
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi
O‘zbekiston | 18:33
Mavzuga oid

18:22 / 02.07.2025
KXDR Rossiyaga 30 ming nafargacha askar yuborishi mumkin

20:31 / 01.07.2025
KXDR «frilanserlari» Amerika kompaniyalarida millionlab dollar ishlab topdi

10:48 / 01.07.2025
Kim Chen In «aqlga sig‘mas hodisa»ga guvoh bo‘ldi: uning yangi esminetsi suvga tushirish chog‘ida ag‘darilib ketdi

21:34 / 26.06.2025