Suv xo‘jaligi sohasida huquqbuzarlik holati haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi
Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarishda maxsus formali kiyim-bosh kiyib yurishi va tegishli farqlash belgilarini taqishi lozim bo‘ladi.

Foto: Kun.uz
“Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligining suv xo‘jaligi sohasida huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni yuborgan shaxslarni:
- har bir tasdiqlangan holat bo‘yicha huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan pul mukofoti bilan rag‘batlantirish;
- ma’muriy jarima bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jazo chorasi qo‘llangan hollarda Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq rag‘batlantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
Belgilab qo‘yilishicha:
- Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarishda maxsus formali kiyim-bosh kiyib yurishlari va tegishli farqlash belgilarini taqishlari;
- formali kiyim-bosh va farqlash belgilari bilan ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
- Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining samaradorligi oshirish maqsadida Inspeksiya xodimlari 142 ta skuter yoki uning muqobili bilan ta’minlanadi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
WSJ: Isroilning Eron bilan urushi Rossiya-Xitoy gaz quvuri g‘oyasini jonlantirdi
Jahon | 11:38
-
Tramp: Putinning Ukrainadan tashqari ambitsiyalari bo‘lishi mumkin
Jahon | 11:32
-
Toshkentda tarixiy yodgorlikka 27 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
Jamiyat | 11:29
-
Yer toifasini o‘zgartirib berish uchun 44 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 11:14
Mavzuga oid

12:06 / 20.06.2025
Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlar 14,5 mlrd so‘m mukofot oldi

11:14 / 16.06.2025
Yo‘l, suv, elektr bo‘yicha 3-5 yillab cho‘zilayotgan loyihalar borligi ma’lum qilindi

13:50 / 12.06.2025
Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida video yuborganlar rag‘batlantiriladi

11:51 / 29.05.2025