Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi hokimlar bir vaqtning o‘zida mahalliy kengash raisi bo‘lolmaydi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lishi mumkin emasligi nazarda tutilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Deputatlar qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

Foto: Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi. Unda hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lishi mumkin emasligini nazarda tutilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada xalq deputatlari kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qilishi hamda viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emasligini nazarda tutuvchi yangi norma o‘z aksini topgan. Shu bilan birga, yangi konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda hokim va mahalliy kengash raisi lavozimlari ajratilayotgani amaldagi qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan qonun loyihasi bilan O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga hokimlar hamda mahalliy kengashlarning vakolatlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Qonun loyihasida quyidagilar belgilanmoqda:
– mahalliy kengashlar faoliyatiga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi;
– xalq deputatlari kengashi raisi o‘z vazifalarini bajarish davrida doimiy va boshqa komissiyalar, partiya guruhlari tarkibiga kirishi mumkin emasligi;
– kengashlar yig‘ilishlarida hokim nomzodi ko‘rib chiqilayotganida nomzod mahalliy kengash deputatlariga hududni rivojlantirish dasturini taqdim etishi shartligi;
– mahalliy kengash va hokim qabul qiladigan hujjatlar Yagona elektron tizimda (e-qaror.gov.uz) ro‘yxatdan o‘tkazilishi va tizimga joylashtirilishi, ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hujjatlarning haqiqiy emas deb hisoblanishi.
Qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi mahalliy kengashlar faoliyati samaradorligi yanada oshirishga, hokimlarning xalq vakillari oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

19:24 / 05.07.2025
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi

17:42 / 01.07.2025
O‘zbekistonda qurilish oynalarini qayta ishlash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilmoqda

12:12 / 30.06.2025
Qimmatbaho metall va toshlar noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik joriy etiladi

09:51 / 26.06.2025