SpaceX XKSni orbitadan olib chiqish uchun apparat quradi
NASA Ilon Mask kompaniyasiga XKSni Yer atrofidagi orbitadan olib chiqadigan kosmik kemani yaratish bo‘yicha 843 million dollarlik shartnoma topshirdi.

Foto: AP
AQSh Milliy aeronavtika va kosmik ma’muriyati (NASA) Ilon Maskning SpaceX kompaniyasini ishlash muddati tugagach, Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ni orbitadan chiqara oladigan apparat yaratish uchun tanladi. Bu haqda 26 iyun, chorshanba kuni NASA matbuot xizmati xabar berdi.
NASA va SpaceX o‘rtasida tuzilgan shartnoma summasi 843 million dollarni tashkil qiladi. Kaliforniyada joylashgan kompaniya faqat ushbu kosmik kemaning rivojlanishi uchun javobgar bo‘ladi. Yaratilganidan keyin u missiya davomida uni boshqaradigan AQSh kosmik agentligi mulkiga aylanadi.
XKSning cho‘ktirilishi 2030 yilga mo‘ljallangan
Press-relizda qayd etilishicha, qurilma NASA va uning xalqaro hamkorlariga 2030 yilda XKSning orbitadan «xavfsiz va mas’uliyatli» olib chiqilishini ta’minlash, odamlar yashaydigan hududlarga qulash xavfini bartaraf etish imkonini beradi. Taxminlarga ko‘ra, qurilma xuddi stansiyaning o‘zi kabi Yer atmosferasida parchalanadi. Stansiya bo‘laklari Tinch okeaniga tushishi kerak.
XKS 1998 yildan beri Yer orbitasida. Stansiya AQSh, Yevropa, Yaponiya, Kanada va Rossiyaning kosmik agentliklari tomonidan boshqariladi. Rossiya Federatsiyasidan tashqari barcha davlatlar uni 2030 yilgacha, Rossiya - 2028 yilgacha ishlatishga va’da berdi.
Mavzuga oid

18:34 / 03.07.2025
O‘zbekiston osmonida qatorlashib uchayotgan jismlar ko‘rindi. «O‘zbekkosmos» holatni tushuntirib berdi

19:19 / 25.06.2025
Crew Dragon kosmik kemasi tijorat ekipaji bilan XKSga uchib ketdi

09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi

22:35 / 25.05.2025