Italiya O‘zbekiston chorvachilik sohasiga innovatsion usullarni joriy etadi
Italiya tomoni mamlakat chorvachilik sohasiga innovatsion usullarni joriy etish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish borasidagi islohotlarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

Foto: Dunyo
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi vakillaridan iborat mamlakat delegatsiyasining Italiyaga xizmat safari tashkil etildi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, tashrifdan ko‘zlangan maqsad chorvachilik sohasida hayvonlarni identifikatsiya qilish bo‘yicha ilg‘or tajribani o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
Mamlakat delegatsiyasi safar chog‘ida Italiya qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari va Chorvachilik uyushmasi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida Italiya tomoni mamlakat chorvachilik sohasiga innovatsion usullarni joriy etish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish borasidagi islohotlarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) qarorgohida mazkur tashkilotning chorvachilik va veterinariya departamenti mutasaddilari bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv yakunida chorvachilik sohasida zamonaviy bilim va innovatsiyalarni joriy etishda FAOning xalqaro ekspertlarini jalb qilish va yangi tashabbuslarni ishlab chiqishga kelishib olindi.
Mavzuga oid

15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi

19:56 / 13.05.2025
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi

12:15 / 10.05.2025
Qishloq xo‘jaligi vazirligi go‘sht narxining oshishiga sabab bo‘lgan omillarni ma’lum qildi

21:58 / 21.04.2025