Yozgi quyosh turishi so‘nggi 228 yil ichida eng erta sodir bo‘ladi
Quyoshning erta turishi Yer va Quyosh orbitalarining murakkab o‘zaro ta’siri, shuningdek, taqvim xronologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq.

Foto: Shutterstock
Olimlar 2024 yilning yozgi quyosh turishi odatdagidan ertaroq kelishini ma’lum qilishdi. Bu haqda IFL Science yozdi.
Qoida tariqasida, bu hodisa 21 iyun kuni sodir bo‘ladi. Yerning Shimoliy qutbi Quyoshga maksimal darajada egiladi, shu tufayli Shimoliy yarim sharda eng uzun kun va eng qisqa tunga sabab bo‘ladi.
Ammo 2024 yilda yozgi quyosh turishi 20 iyun kuni Grinvich vaqti (GMT) bilan soat 20:50 da sodir bo‘ladi. Bu 1796 yildan beri eng erta quyosh turishidir.
Erta quyosh turishi Yer va Quyosh orbitalarining murakkab o‘zaro ta’siri, shuningdek, taqvim xronologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Ma’lumki, Yerning Quyosh atrofida yillik aylanishi 365 kunga to‘liq teng emas. U 365,242189 kun davom etadi. Ushbu farqni hisobga olish uchun kalendarga kabisa yillar kiritilgan.
Odatda bir yil 365 kundan iborat bo‘lib, har yili quyosh turishi va tengkunliklar avvalgi yillarga qaraganda biroz kechroq sodir bo‘ladi. Kabisa yilida 366 kun bor. Bu yilgi quyosh turishi va tengkunlik sanalari avvalgi yilga nisbatan 18 soat, 11 daqiqa va 14,87 soniyaga ertaroq sodir bo‘ladi.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024 yilda yozgi quyosh turishi 2020 yilga nisbatan taxminan 45 daqiqa oldin sodir bo‘ladi. Ushbu tendensiya 2096 yilga qadar davom etadi, ya’ni 20 iyun kuni GMT vaqti bilan soat 6:32 da quyosh turishi sodir bo‘ladi. Shundan so‘ng, sikl tugaydi va yana qaytadan boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel”dan “CHILLA SALE” - faqat 1-2 iyul kunlari 50%gacha chegirma!
Jamiyat | 19:00 / 30.06.2025
-
Toshkent xalqaro aeroportida 3 nafar qizni fohishalik uchun Tailandga yuborishga uringan ayol ushlandi
Jamiyat | 23:58 / 30.06.2025
-
Sirdaryoda Lacetti va Yutong ishtirokida YTH yuz berdi. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi
Jamiyat | 23:32 / 30.06.2025
-
Polsha snaryad ishlab chiqarishni 5 baravarga oshiradi
Jahon | 23:22 / 30.06.2025
Mavzuga oid

21:52 / 21.06.2025
Olimlar birinchi marta Quyoshning sun’iy tutilishi qanday bo‘lishini ko‘rsatdi

21:33 / 12.06.2025
Tarixda birinchi marta Quyoshning janubiy qutbi suratga olindi

21:37 / 14.05.2025
Quyoshda 2025 yildagi eng kuchli chaqnash yuz berdi

16:48 / 05.05.2025