“Hosili ko‘p, xaridori yo‘q piyoz” - bahorgi piyoz nega dalada qolib ketyapti?
O‘zbekiston bozorlari yangi piyoz bilan to‘lgan. Qator viloyatlarda yetishtirilgan bahorgi piyoz hosili dalalarda qolib ketmoqda. Xo‘sh, bunga sabab nima? Dehqonlarning haddan tashqari ko‘p piyoz ekkanimi yoki ichki bozor ehtiyojidan ortgan piyozning eksporti yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganimi? Kun.uz shu savollarga javob izladi.

Foto: Pexels
Muammo nimada?
O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi raisi Yorqin Malikovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, piyozni eksport qilish uchun tadbirkorlarga tashuvchi texnika yetishmayapti.
Ta’kidlanishicha, bahorgi piyozni faqat sovitiladigan konteynerlarda tashish mumkin. Aks holda piyoz yo‘ldayoq aynib ketadi. Tadbirkorlar o‘zidagi mavjud texnikalar bilan katta hajmdagi piyozni eksport qilishni esa uddalay olmayapti.
Shuningdek, qo‘shni Qozog‘istonda ham dehqonlar piyoz yetishtirish ilmini ancha o‘zlashtirib olgan. Ular endi o‘zining va Rossiya bozorlarini to‘ldira boshlagani o‘zbek dehqonlarining piyozlari dalada qolib ketayotganining yana bir sababi hisoblanadi.
Dehqonlar piyozni rejasiz yetishtirishyaptimi?
O‘zbekiston agrobiznes assotsiatsiyasi rahbari Kamoliddin Ikromovning aytishicha, o‘tgan mavsumlarda piyoznining “yili kelgan”. Natijada dehqonlar yaxshi daromad ko‘rgan. Shu boisdan bu galgi mavsumda ular yana ham ko‘proq piyoz ekkan.
“Bu yil ham o‘shanday daromad ko‘rishdan umid qilib, dehqonlar o‘zini piyozga urdi. Hozir meva-sabzavotni eksport qilish sohasi ancha yaxshilandi – davlat aralashmayapti. Endi dehqon va tadbirkorda mas’uliyat oshishi kerak, davlatga to‘nkab bo‘lmay qolyapti” – deydi Kamoliddin Ikromov.
Mutaxassisning qayd etishicha, dehqonlar yerga piyoz urug‘ini sepayotganidayoq katta tavakkal qiladi. Chunki u ekayotgan piyoz urug‘i qanday hosil beradi, sotiladimi yoki yo‘q buni ham aniq bilmaydi.
Biroq mutaxassislar tashqarida 21-asr ekanligini, hatto dehqonchilikda ham tavakkalchilikni kamaytirish mumkin va shart ham deb hisoblamoqda.
Xususan, mamlakat bo‘ylab qancha dehqon, qancha yerda piyoz yetishtirayotganini bilish uchun maxsus internet makonlar tashkil qilish, ulardan foydalanishni dehqonlarga o‘rgatish, esportchi tadbirkorlarni dehqonlar bilan bog‘lovchi internet vositalarni shakllantirish orqali dehqonning ishidagi tavakkalchilikni kamaytirish mumkinligi dunyo tajribasida isbotini topib kelyapti.
Bundan tashqari, yetishtirilgan piyoz, kartoshka kabi muhim mahsulotlarning uvolini kamaytirish uchun, davlat intervensiyasi, ya’ni davlat tomonidan xarid qilish yo‘li ham bor.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainaning Rossiya aerodromlariga kutilmagan hujumlari urushda burilish nuqtasi bo‘ladimi?
Jahon | 20:53
-
«Missiya yakunlandi». «Vagner» XHK Malidan ketishini e’lon qildi
Jahon | 20:33
-
Shomurodov o‘ynaydigan «Roma»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Sport | 20:32
-
Qozog‘iston harbiylari Buyuk Britaniyada tayyorgarlikdan o‘tadi
Jahon | 20:14
Mavzuga oid

10:53 / 21.05.2025
O‘zbekiston asalni asosan ikki davlatga eksport qilmoqda

11:57 / 19.05.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga qoramol eksporti hajmi oshdi

12:26 / 02.05.2025
O‘zbekiston mahsulotlari eksport qilinadigan mamlakatlar soni 85 taga yetdi

10:24 / 22.04.2025